Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Yevro-2020 saralash. «F» guruhi. Ispaniya ketma-ket 7-marta Yevropa chempionatiga yo‘l oldi

Yevro-2020 saralash. «F» guruhi. Ispaniya ketma-ket 7-marta Yevropa chempionatiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi saralash bosqichida yakuniga yetishiga 2ta tur qolganida Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Robert Moreno shogirdlari Shvesiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Rodrigo tomonidan kiritilgan to‘p evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

Ruminiya esa Norvegiyaga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Natijada ispanlar 20 ochko to‘plagan holda Shvesiya bilan 5, Ruminiya bilan esa 6 ochkolik farqni saqlab qoldi. Kelasi turda  Ruminiya va Shvesiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishini inobatga olganda, ulardan kamida bittasi Ispaniyaga yeta olmadi. Shuning uchun "qizil furiya" muddatidan oldin Yevropa chempionatiga yo‘l oldi.

Yevro-2020 saralash
"F" guruhi, 8-tur
Shvesiya – Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 50 Berg, 1:1 – 90 Rodrigo.
Shvesiya – Olsen, Grankvist, Bengtsson, Lindelef, Lyustig, Forsberg, Ekdal (Svensson, 83), Larsson, Olsson, Kvayson (Isak, 77), Berg (Andersson, 90).
Ispaniya – De Xea (Arrisabalaga, 60), Albiol, Martines, Bernat, Karvaxal (Navas, 81), Rodri Ernandes, Alkantara (Rodrigo, 66), Sebalyos, Fabian Ruis, Oyarsabal, Jerar Moreno.

Ruminiya – Norvegiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 62 Mitrise, 1:1 – 90 Serlot.
Ruminiya – Teterushanu, Banku, Nedelcharu, Rus, Benzar, Anton (Bordeyanu, 84), Marin, Dyak, Stanchu, Mitrise (Nistor, 79), Pushkash (Andone, 63).
Norvegiya – Yarsteyn, Ayer, Xovland, Aleesami, Elabdellaui, Yuxansen (Serlot, 46), Selnes (Yonsen, 67), Berge, Xenriksen (Normann, 81), Edegor, King.

Farer – Malta 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 71 Baldvinsson.
Farer – Nilsen, Davidsen (Frederiksberg, 85), Gregersen, Vatnsdal, Edmundsson (Egilsson, 90), Danielsen, Byartaluyd (Olsen, 65), Olsen, Vatnxamar, Xansson, Baldvinsson.
Malta – Bonello, Muskat (Serafa, 80), Adjius, Borg, Fenek (Gembin, 71), Muskat, Nvoko, Vella, Grech, Mifsud (Effiong, 71), Mbong.

JamoaO‘yin G‘   D   M  T - N  Ochko
1 Ispaniya 8 6 2 0 19-5 20
2 Shvesiya 8 4 3 1 18-9 15
3 Ruminiya 8 4 2 2 17-8 14
4 Norvegiya 8 2 5 1 13-10 11
5 Malta 8 1 0 7 2-18 3
6 Farer orollari 8 1 0 7 4-23 3
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:08, 16.10.2019.
O'qildi: 3140 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик