Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

“Metallurg” bu yil 800-yubiley golini kirita oladimi?

“Metallurg” bu yil 800-yubiley golini kirita oladimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugungacha kuchlilar safida 637 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 212 tasida g‘alaba nashidasini surgan.

131 ta o‘yinda raqiblar bilan ochkoni baham ko‘rgan hamshaharlarimiz, 294 ta o‘yinda imkoniyatni boy berishgan. Hozirgacha “Metallurg” raqiblari darvozasiga 790 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 991 ta to‘p olib chiqishgan. Bu yil Bekobodning “Metallurg” jamoasi raqiblar darvozasiga yubiley – 800-golni kirita oladimi? Agar yana beshta o‘yin qolganligini inobatga olsak bu vazifani bajarish keyingi mavsumga qolishi ehtimoli ham yo‘q emas. Boisi keyingi paytlarda jamoalar pragmatik futbol namoyish etishyapti.

Ya’ni raqib darvozasi ishg‘ol etilgach, aksariyat hollarda qayd etilgan natijani saqlashga uriniladi. Ammo “Metallurg” so‘nggi turni anchayin sermahsul o‘tkazdi. Safarda “Qo‘qon 1912” jamoasi darvozasi uch bora ishg‘ol etildi. Andrey Shipilov shogirdlari ushbu kayfiyatni keyingi uchrashuvlarda ham saqlab qolishsa, yubiley golni shu mavsumda ham ko‘rsak ajabmas. Siz qanday bo‘lishini xoxlardingiz, aziz muxlis?

“Metallurg”ning 2019 yilgi mavsumda qolgan uchrashuvlari:

22-tur, 18 oktyabr: “Metallurg” – “So‘g‘diyona”
23-tur, 29 oktyabr: “Qizilqum” – “Metallurg”
24-tur, 4 noyabr: “Metallurg” – “Dinamo”
25-tur, 24 noyabr: “Buxoro” – “Metallurg”
26-tur, 27 noyabr: “Metallurg” – “Surxon”

Manba: Металлург матбуот хизмати
Kiritildi: 19:14, 16.10.2019.
O'qildi: 1626 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.