Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Andrey Shipilov: Bugungi natija adolatli bo‘lmadi

Andrey Shipilov: Bugungi natija adolatli bo‘lmadi

Baho:
+ | -

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan “Metallurg” hamda  "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. O‘yindan so‘ng matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey Shipilov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Biz har qanday raqibni hurmat qilamiz va ularga qarshi o‘yinga puxta hozirlik ko‘ramiz. So‘g‘diyona ham bundan mustasni emas. Mazkur uchrashuvga ham har tomonlama jiddiy tayyorlangandik. Yigitlarning o‘yinidan, harakatidan qoniqish hosil qildim. Ularga e’tirozim yo‘q. Bugungi natija o‘yinga mos bo‘lmadi. Adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi. Biz g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdik. Biroq omad raqibga kulib boqdi.

Bugun chiroyli o‘yin ko‘rsatishimizga o‘rtada uchrashuvni boshqarib borgan inson xalaqit berdi. Nafaqat Metallurgga, So‘g‘diyona jamoasiga ham to‘p uchun kurashishga imkon bermadi. Bo‘lar bo‘lmasga, asossiz hushtaklari bilan o‘yinchilarning harakatini to‘xtatib qo‘yaverdi. Har ikkala jamoa o‘yinchilarini maydonda tirqiratib yubordi. Har ikkala jamoaning o‘z vazifasi bor.

So‘g‘diyona jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa harakatda davom etamiz. Bugun boy berilgan imkoniyat, ochkolarni boshqa joydan, boshqa o‘yinlardan topishga urinamiz, deydi Andrey Sergeevich.

Manba: Металлург матбуот хизмати
Kiritildi: 21:29, 18.10.2019.
O'qildi: 1891 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.