Kirish Ro'yxatdan o'tish

Butunjahon harbiylar o‘yinlarining birinchi kunida 4 ta medal jamg‘ardik

Butunjahon harbiylar o‘yinlarining birinchi kunida 4 ta medal jamg‘ardik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xitoyning Uxan shahrida navbatdagi Butunjahon harbiylar o‘yinlari start oldi. Dunyoning 150 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan qatnashmoqda.

Bugun musobaqaning birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. E’tiborlisi, dzyudochilarimizning ushbu kunda ko‘rsatgan ajoyib natijasi bizni umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘ringa olib chiqdi.

Bahslar davomida -66 kilogramm vazn toifasida ikki o‘zbek dzyudochilari Artyom Shturbabin hamda Muhriddin Tilovovning finalgacha yetib kelgani ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘ldi. O‘ziga xos “o‘zbekcha final”da Shturbabinning qo‘li baland keldi. Shuningdek, -73 kilogramm vazn toifasida Hikmatilloh To‘rayev oltin, -52 kilogrammda esa Diyora Keldiyorova bronza medallari bilan taqdirlandi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegasiyasi hisobida birinchi kundan so‘ng 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari mavjud.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:14, 20.10.2019.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик