Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Andrey Kanchelskis: “Termizga yutuq uchun kelgandik, ammo...”

Andrey Kanchelskis: “Termizga yutuq uchun kelgandik, ammo...”

Baho:
+ | -

Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘yin haqidagi fikrlarini quyidagicha bildirdi.

- Uchrashuv juda qiyin kechdi. Boisi, Termizda o‘ynash oson emas. Hattoki, “Paxtakor” ham bu yerda durangga erishgan. Shunday bo‘lsa-da, biz Termizga ochko olish uchun emas, g‘alaba qozonish niyatida tashrif buyurgandik. Ammo bu futbol.

To‘g‘ri, uchrashuvning birinchi bo‘limida mezbonlar ko‘proq tashabbusga ega bo‘lishdi. Lekin durang natija menimcha, haqqoniy bo‘ldi.

“Surxon” kabi jamoamizni ham qo‘lga kiritilgan bir ochko unchalik qoniqtirmaydi. Boisi, ushbu turda “So‘g‘diyona” g‘alaba qozondi.

Biroq, mag‘lubiyatga uchragandan ko‘ra, durangni ham ijobiy natija desa bo‘ladi. Boisi, ta’kidlaganimdek, Termizda o‘ynash qiyin.

Maydon sifati yaxshi va futbolchilar bundan-da yaxshiroq to‘p surishlari mumkin edi. Ammo har ikki jamoa a’zolariga namoyish etgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Chunki hech kim jarohat olmadi hamda  jamoalar uchun barchasi ijobiy tarzda yakunlandi.

- Jahongir Mehmonov boshlang‘ich tarkibdan joy olmadi va so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirildi. Buni nima bilan izohlaysiz?

- Bizda jamoa bor hamda boshlang‘ich tarkibni deyarli o‘zgartirmaymiz. G‘iyosjon Komilov bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi. Jahongir Mehmonov esa hozircha zaxiradan maydonga tushyapti va bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti. Hozircha bu haqda biror narsa deya olmayman. Mehmonov uchun keyinchalik barchasi ijobiy tarzda yakunlanishi hamda u boshlang‘ich tarkibda o‘ynashi ham ehtimoldan xoli emas.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:22, 20.10.2019.
O'qildi: 2483 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик