Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Ivan Perishich: "Gresiyadagi stadionlar “qaynaydi”"

Ivan Perishich: "Gresiyadagi stadionlar “qaynaydi”"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Intervyular

Ikki uchrashuvda ikkita g‘alaba qozongan «Bavariya» Yevropa Chempionlari Ligasini muvaffaqiyatli boshladi. Ushbu g‘alabalarda Ivan Perishichning hissasi katta bo‘ldi. Gresiyaning «Olimpiakos» klubiga qarshi o‘tadigan uchrashuvdan oldin Yevropa vise-chempion klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Ivan, seshanba kuni «Olimpiakos»ga qarshi uchrashuv bor. Bu uchrashuvdan nimalar kutyapsan?
- Dortmunddagi davrimda men ularga qarshi safarda o‘ynaganman. Stadiondagi muhiti juda ajoyib bo‘ladi, biz dastlabki daqiqalardanoq barcha kuchimiz bilan o‘ynashimiz kerak bo‘ladi. Aks holda, g‘alaba qozonishimiz qiyin bo‘ladi.

- Sen aytyapsanki, Gresiyadagi stadionlar “qaynaydi”. Bu jamoaga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydimi?
- Men Gresiyada «Olimpiakos», «Panatinaikos» va PAOK klublariga qarshi bir necha marotaba o‘ynaganman. Muhit doim muhim bo‘ladi. Turkiya va Xorvatiyalarda ham katta ishtiyoq bilan ishqibozliq qilishida, bu menga yoqadi, barcha futbolchilarga ham yoqsa kerak.

- «Tottenxem»ga qarshi 7:2 hisobidagi g‘alabadan keyin Gresiyaga favorit sifatida yo‘l olyapmiz deb o‘ylaysanmi?
- Hisobimizda olti ochko bor, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Biz Pirey orollariga g‘alaba qozonish uchun ketyapmiz.

- «Borussiya» va «Inter» tarkiblarida YECHLda o‘ynagansan, biroq bir marotaba ham guruh bosqichlaridan chiqa olmagansan...
- Ha, xuddi shunday. Birinchi yili «Dortmund» bilan pley-off bosqichiga chiqish amalga oshmagan, ikkinchi yilning qishida men «Volfsburg» klubiga o‘tib ketdim. «Inter» tarkibida hamfaqat guruh bosqichlarida o‘ynadim. Men ikkita Jahon chempionatida o‘ynadim, Yevropa chempionatida o‘ynadim, lekin YECHLning pley-offiga chiqish borasida tajribam kam.

- Sening YECHLdagi dastlabki uchrashuving 2011 yilning sentyabr oyida bo‘lgandi va gol urishga erishganding. Ammo, o‘shandan beri o‘zingni ko‘rsatmayapsan. O‘zingni ko‘rsatish payti kelmadimi?
- Xuddi shunday. Umid qilamanki, «Bavariya» tarkibida statistikalarimni to‘g‘rilab olaman.

Kiritildi: 15:14, 21.10.2019.
O'qildi: 1835 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.