Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Oltin to‘p»ga da’vogar 15 futbolchi e’lon qilindi

«Oltin to‘p»ga da’vogar 15 futbolchi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

"France Football" jurnali 2019 yilgi «Oltin to‘p» sovriniga da’vogarlik qiladigan nomzodlar ro‘yxatini e’lon qila boshladi.

Nashr hozircha 15 nafar futbolchining nomini ma’lum qildi. Dastlabki beshlikdan Sadyo Mane («Liverpul»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Frenki de Yong («Barselona»), Ugo Lyoris («Tottenxem») va Dushan Tadich («Ayaks») o‘rin olishdi.

Ikkinchi beshlikka esa Kilian Mbappe («PSJ»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Donni van de Bek («Ayaks»), Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal») va Mark-Andre ter Stegen («Barselona») kiritildi.

Uchinchi beshlik Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Alisson («Liverpul»), Matteys de Ligt («Yuventus»), Karim Benzema («Real») va Jorjinyo Veynaldum («Liverpul»)dan iborat bo‘ldi.

Nashr yana 15 nafar futbolchining ro‘yxatini ma’lum qilishi kerak.

"Oltin to‘p" topshirish marosimi 2 dekabr kuni Parijdagi Shatle teatrida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, o‘sha kuni ayol futbolchiga ham "Oltin to‘p", 21 yoshdan kichik eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi darvozabon uchun Lev Yashin nomidagi sovrin o‘z egalariga taqdim etiladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:23, 21.10.2019.
O'qildi: 10541 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик