Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Mircha Luchesku: «Rossiya chempionati Ukrainanikiga qaraganda kuchli»

Mircha Luchesku: «Rossiya chempionati Ukrainanikiga qaraganda kuchli»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Doneskning «Shaxtyor» va Rossiyaning «Zenit» klublari sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku Rossiya chempionati kuchlimi yoki Ukrainami degan savolga javob berdi.

— Rossiya chempionati Ukrainanikiga qaraganda kuchli. «Dnepr», «Metallist» va «Chernomores» klublarida hammasi joyida bo‘lgan vaqtda Ukraina chempionati Rossiyanikiga qaraganda qiziqarliroq edi. Ukrainlar ruslarni barcha uchrashuvlarda mag‘lub etishardi, hatto o‘rtoqlik o‘yinlarida ham. Biroq hozir shubhasi — RPL kuchli. Bu Rossiya klublari katta mablag‘ kiritayotganiga bog‘liq. Bu klublarga badavlat insonlar egalik qilishmoqda. Vaziyat shu darajaga yetdiki, hattoki Checheniston Respublikasi Prezidenti ham o‘z klubini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularda infratuzilma o‘zgardi, yangi stadionlar qurib bitkazildi.

Ukrainada bo‘lsa infratuzilma juda yomon. Biroq, men ishonamanki, Ukraina chempionatida ham yaxshi tarafga o‘zgarish bo‘ladi, — dedi Luchesku «Vasko Live» bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:04, 26.10.2019.
O'qildi: 1420 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.