Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yegor Titov: "Shomurodov "Sochi" bilan o‘yinda imkon topadi”

Yegor Titov: "Shomurodov "Sochi" bilan o‘yinda imkon topadi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq futbolchisi Yegor Titovning hisoblashicha,«Rostov» 14-turda «Sochi» klubini mag‘lub etadi.

— Rostovliklar “Zenit”dan uchralgan qaqshatgich mag‘lubiyatdan keyin qanday o‘zlariga kelib olganini tomosha qilish qiziq. «Rostov» bunday zarbani qachon qabul qilib olganini eslash qiyin. Xatolari ustidan qanday ishlashganini ko‘rish qiziq.Bu uy uchrashuvi, shu bois maydon egalariga biroz osonroq bo‘ladi. Ko‘proq erkinlikni Yeremenko, Popov, Ionov va Shomurodovlar olishadi. «Zenit»ga qarshi o‘yinda ularning bari yo‘qolib qolgandi. «Sochi» haqida gapiradigan bo‘lsak, ular muntazam ochko olishni boshladi, jamoa asta-sekinlik bilan o‘ziga kelmoqda. Ammo bu futbol juda oddiy.Sochiliklar qarshi hujumda o‘z omadlarini izlashadi. “Sochi” ijrosida odatiy safar uchrashuvini ko‘ramiz. O‘ylaymanki, «Rostov»ga oson bo‘lmaydi. “Zenit”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Rostov”ga bu uchrashuv ruhiy tomondan qiyin bo‘ladi. “Sochi” ularga qarshi yopiq futbol namoyish etadi. Biroq, «Rostov» tajriba tomondan o‘z so‘zini aytishi kerak. “Rostov” bitta gol farqi bilan g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Taxminimcha, Shomurodov o‘ziga imkon topadi, — dedi Titov.

Kiritildi: 16:33, 26.10.2019.
O'qildi: 5262 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.