Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Agent: "Rossiya klublari Vengerga qiziqish bildirishdi, jumladan "Spartak" ham”

Agent: "Rossiya klublari Vengerga qiziqish bildirishdi, jumladan "Spartak" ham”

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Taniqli futbol agenti Shandor Varga Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Rossiyada ishlashga tayyorgar ekanligini bildirdi.

– Venger va Moskvaning «Spartak» klubi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lmadi. Biroq, Vengerda Rossiyada ishlash ishtiyoqi yuqori. Bundan tashqari, Rossiyaning uchta klubi u haqda so‘radi. Men Vengerga bu haqda savol berganimda, u bunga ikkilanmasdan «ha, ha va yana ha» - deb javob berdi. Nima uchun amalga oshmadi? Bu murakkab jarayon. Klublar faqat menga aloqaga chiqishdi. Vengerning o‘zi bilan hech qanday muzokara bo‘lmadi. Bir marta shunga yaqin keldik, ammo amalga oshmadi. Agar ushbu jarayon amalga oshganida nafaqat klub uchun, balki butun Rossiya futboli uchun foydali bo‘lgan bo‘lar edi. Aynan kim qiziqdi? Ayta olmayman.«Spartak»? Bu klub tomonidan ham qiziqish bo‘ldi, - agentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sport-Ekspress».

Kiritildi: 13:58, 27.10.2019.
O'qildi: 1632 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.