Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Kristian Pulishich: "Men shunchaki maydonda bo‘lishni va jamoamga foyda keltirishni istayman"

Kristian Pulishich: "Men shunchaki maydonda bo‘lishni va jamoamga foyda keltirishni istayman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Kristian Pulishich Londonning “Chelsi” klubi tarixida eng yosh xet-trik qayd etgan futbolchi sifatida tarixdan joy oldi. “Byornli” klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Pulishich o‘ng va chap oyoqlarida hamda boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

«Bu juda ajoyib, to‘g‘risini aytsam, haligacha ishonmayapman», — dedi Pulishich “Chelsi” klubi rasmiy sayti bilan suhbatda.

«Dahshatli gollar edi. Aynan qaysi biri menga yoqqanligini aytish qiyin. Bosh bilan kiritgan golim ham chiroyli bo‘ldi, balki menimcha chap oyog‘imda urgan birinchi golim ko‘proq menga yoqdi».

«Bu mening professional faoliyatimdagi dastlabki xet-trik qayd etishim. Men to‘pni o‘zim bilan olishim deyarli esimdan chiqqan edi, lekin jamoadoshlarim eslatib qo‘yishdi!»

«Bu yigitlar bilan birga o‘ynash yoqimli. Biz kuchga to‘lamiz. Tajribali futbolchilar ham jamoamizga ko‘p narsa bermoqda. Biz hozir ko‘rsatayotgan o‘yinimizdan zavq olyapmiz».

«Bu ajoyib jamoaviy o‘yin bo‘ldi. Afsus, darvozamiz dahlsizligini saqlab qola olmadik!»

«Men nimaga qodir ekanligimni isbotlashim kerak, buning uchun o‘z ustimda ko‘proq ishlashim kerak, — qo‘shimcha qildi 21 yoshli futbolchi. — Men shunchaki maydonda bo‘lishni va jamoamga foyda keltirishni istayman».

«Oson bo‘ladi deb o‘ylamadim. Biroq, so‘nggi haftalarda zahiradan maydonga tushdim va jamoaga foyda keltirdim. Bugun asosiy tarkibda maydonga chiqqanimdan xursand bo‘ldim. Bu men uchun muhim kun bo‘ldi!»

«Kreativ hujumkor uslub bor. To‘p bilan yugurishni, raqiblarni fint bilan aldab o‘tishni va gol urishni yaxshi ko‘raman. Jamoamga foyda keltirganimdan xursandman. Endi shu suratda davom etishimiz kerak».

Kiritildi: 17:59, 27.10.2019.
O'qildi: 1460 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.