"Fiorentina"ning fransiyalik yarim himoyachi Frank Riberi Italiya A Seriyaning 9-tur doirasida o‘z maydonida "Lasio" (1:2) klubiga boy berilgan uchrashuvdan so‘ng hakamlarning hatti-haraktalaridan norozi bo‘lgan.
Final hushtagi yangraganidan so‘ng, fransiyalik yarim himoyachi qanot hakami Matteo Passerini turtib yubordi. Endi hakamga jismoniy norozilik bildirgani uchun Riberini bir nechta uchrashuvga diskvalifikasiya bo‘lishi kutilmoqda.













