Dunyoning eng kuchli birinchiliklaridan biri sanaladigan «La Liga» o‘yinlari hozirda o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi. Ushbu mavsumda muxlilslar Eden Azar, Antuan Grizman singari futbolchilarning porlashini kutishgan edi, biroq «La Liga» bahslarida boshqa futbolchilar o‘zlarini yaxshiroq namoyish etishdga muvaffaq bo‘lishmoqda. Bugun ana shu futbolchilar haqida so‘z boradi.
Ushbu ro‘yxat "Marka" nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari bo‘yicha tuzilgan
Tomas Parti
19 yoshida Ganadan «Atletiko Madrid» jamoasi tarkibiga kelib qo‘shilgan futbolchi hozirda «matraschilar»ning asosiy futbolchisiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. U Simeone qo‘l ostida turli pozisiyalarda to‘p surgan bo‘lsada, aynan markazdan muqim joy olishga muvaffaq bo‘ldi. Parti tayanch zonasidagi vazifasini ortig‘i bilan bajaribgina qolmay, pozision hujumda ham faol ishtirok etadi. Hozirda «Atletiko Madrid» 26 yoshlik futbolchinning maoshini ko‘tarishni va uning tavon pulini ham ikki barobar balandlatishni rejalashtirmoqda.
Jerar Morena
«Vilyareal» jamoasi hujumchisi ushbu mavsumda juda omadli boshladi. «La Liga»da ishlari yurishmayotgan «sariq suvosti kemasi» Morenaning gollari bilan ham turnir jadvalining yuqori qismiga ko‘tarilishni eplay olmayapti. Shunga qaramay, ispaniyalik hujumchining ishlari chakki emas. O‘z faoliyati davomida Ispaniya yoshlar jamoasidan ham chaqiruv olmagan Morena terma jamoa safida Shvesiyaga qarshi uchrashuvda debyut qilishga muvaffaq bo‘lgani tahsinga sazovor. To‘g‘ri, Morena o‘yin davomida gol kirita olmadi, biroq hujumchi 90 daqiqa davomida harakat qildi va uchrashuvda eng faollardan biriga aylandi.
Karim Benzema
O‘zining Madriddagi 11 mavsumini o‘kazayotgan Benzema «Real Madrid»ni bu mavsumda yelkasida ko‘tarib yuribdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Agar Benzema bo‘lmaganida Eden Azar va Luka Yovichning moslashib olish jaroyoni chog‘ida «Real Madrid»ning ahvoli juda xarob ko‘rinishga kelib qolar edi. Karim deyarli avgust oyidan beri jamoani bir necha bor qutqarishga majbur bo‘lmoqda. Dekabr oyida 32 yoshni qarshi oladigan hujumchi bu mavsumda ham barqaror o‘yin namoyish etib kelmoqda. Marka nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada birinchi va ikkinchi o‘rindagi futbolchilardan juda kichik farq bilan ortda qolgan fransuz o‘z sport formasini saqlab tursa, mavsum so‘nggida ushbu ro‘yxatning birinchi pog‘onada bo‘lishi mumkin.
Ter Shtegen
Ushbu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda boshlagan Ter Shtegen «Barselona»ni deyarli har uchrashuvda muqarrar gollardan qutqarib qolmoqda. Aynan uning ishonchli o‘yinlari sababli, Katoloniya klubining himoyadagi xatolari ko‘zga tashlanmayapti. Hisob-kitoblarga qaraganda, Ter Shtegen shu kunga qadar naqd 18 bor murakkab seyvni amalga oshirga, va to‘p uchun o‘yinda deyarli xatoga yo‘l qo‘ymagan. Ayniqsa, YECHL doirasida «Borussiya Dortmund» jamoasiga qarshi uchrashuvda penaltini bartaraf etgan Shtegen «Barselona» uchun bir ochko ishlab berdi desak, adashmagan bo‘lamimz.
Agarda nemis posbonining o‘yinlari bo‘lmaganida, katta ehtimol bilan hozir Valverdening o‘rni bo‘shab qolgan bo‘lar edi.
Martin Edogor
Marka nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 40 foiz ovoz jamlashga muvaffaq bo‘lgan Edogor o‘z kariyerasini qayta yuklashni uddalagani quvonarli xolat. Mavsum boshida «Real Madrid»ning eng omadsiz haridi sifatida e’tirof etilayotgan Martin hozirda Ispaniya chempionatining chinakam kashfiyotiga aylanib bormoqda. Ispaniya chempionati startidagi aniq to‘p uzamalar borasida (87 foiz uzatmalar manziliga aniq yetib borgan) yetakchi bo‘lib turgan norvegiyalik yarim himoyachining statistikasiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. Har bir uchrashuv davomida o‘rtacha 3 bor golli uzatma tashlab berayotgan qahramonimiz «Real Sosyedad» jamoasini yangi darajaga ko‘tarilishini ta’minlab bermoqda.