Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

La liga. «Atletiko» ochko yo‘qotdi, «Barselona» 5ta gol urdi

La liga. «Atletiko» ochko yo‘qotdi, «Barselona» 5ta gol urdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 11-tur o‘yinlari start berildi.

Tur doirasida «Atletiko» safarda «Alaves» klubi mehmoni bo‘lib, durang bilan kifoyalandi. Madridliklar 70-daqiqada Morata tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishgan edi. O‘yin tugashiga 7 daqiqa qolganida Lukas Peres qolganida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

«Barselona» esa o‘z uyida «Valyadolid»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvning 2-daqiqasida Messi jarima zarbasini amalga oshirdi. Langle esa rekoshet orqali o‘ziga kelgan to‘pni 10 metrlardan darvozaga joylab qo‘ydi. 15-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirishdi.

Shundan so‘ng Messining yulduzli onlari boshlandi. Kataloniyaliklar tomonidan urilgan 4ta golning barchasida argentinalik ishtirok etdi. Dastlab Vidalga ajoyib uzatma bergan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmas Lionel jarima zarbasidan so‘ng to‘pni "to‘qqizlik"ka "mixladi".

Ikkinchi bo‘limda Rakitichning pasidan keyin "Barsa" sardori yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va undan samarali foydalandi. Oradan 2 daqiqa o‘tib u Suares darvozabon bilan randevuga chiqardi. Luis imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi — 5:1.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 22taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarildi. "Atletiko" esa 20 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Ispaniya chempionati, 11-tur
Alaves – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 70 Morata, 1:1 – 83 Lukas Peres.
Alaves – Pacheko, Magalyan, Laguardia, Agirregabiria, Duarte, Vakaso (Berk, 75), Aleish Vidal, Manu Garsiya, Rioxa (Pere Pons, 68), Lukas Peres, Xoselu (Pina, 88).
Atletiko – Oblak, Ermoso, Lodi, Aryas, Felipe, Lyorente (Tomas, 46), Errera (Morata, 60), Saul, Lemar, Korrea, Diyego Kosta (Koke, 70).
Ogohlantirishlar: Lyorente (16), Vakaso (29), Laguardia (61), Felipe (75), Manu Garsiya (89), Ermoso (89).
 
Barselona – Valyadolid 5:1 (3:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 2 Langle, 1:1 – 15 Olivas, 2:1 – 29 Vidal, 3:1 – 34 Messi, 4:1 – 75 Messi, 5:1 – 77 Suares.
Barselona – ter Stegen, Langle, Semedu, Alba (Serdji Roberto, 78), Pike, Buskets, de Yong (Rakitich, 60), Vidal, Fati (Grizmann, 63), Suares, Messi.
Valyadolid – Masip, Olivas, Porro, Nacho Martines (Salisu, 32), Xoakin Fernandes, Michel, Anuar (Ervias, 53), Valdo Rubio, Barba, Gvardiola, Plano (Unal, 66).
Ogohlantirishlar: Xoakin Fernandes (45), Gvardiola (68), Michel (79).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:03, 30.10.2019.
O'qildi: 7705 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик