Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Vadim Abramov: «Andijon»da terma jamoaga tortadigan futbolchi yo‘q»

Vadim Abramov: «Andijon»da terma jamoaga tortadigan futbolchi yo‘q»

Baho:
+ | -

Coca Cola” Superligasining 23-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” hamda “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- O‘ylashimcha, o‘yin hisobga mos bo‘ldi. Ikki jamoa ham g‘alabaga haqli emasdi. Futbol shunaqa, o‘yin yakunida oldinga chiqib olgandik, lekin yakunda alamli gol o‘tkazib yubordik. O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Muxlislarga yoqdimi yoki yoqmadimi, bilmayman. Maydon chiroyli o‘yin namoyish etishga yo‘l qo‘ymadi, bunday maydonda muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish etib bo‘lmaydi.

- Sizga ham terma jamoada, ham klubda ishlash qiyinchilik tug‘dirmayaptimi?

- Nimasi qiyin bo‘lishi mumkin, baribir zahira o‘rindig‘ida o‘tiramanku! Bugun terma jamoa o‘ynamayapti-ku, shu bois men bu yerdaman. O‘ylaymanki, ikki frontda ishlash qiyin emas.

- Hakamlik haqida nima deysiz?

- Nima deyishim mumkin? O‘z saviyasicha hakamlik qildi. Men bilmadim nima uchun ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi. Men undan nima uchun ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatding deb savol bersam, vaqt cho‘zgani uchun deb aytdi.

-“Andijon” tarkibida milliy terma jamoasiga tortadigan futbolchilar bormi?

- Men “Andijon” futbolchilari deyarli barchasini bilaman. O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz, terma jamoasiga tortadigan futbolchi bormi? Kim? Ubaydullayev? Albatta, unga bunday maydonda to‘pni yetkazib berishyapti va u tez yugurib gol urmoqda. Bunday maydonda kimgadir baho berish mushkul. To‘g‘ri, tezkor, iqtidorli futbolchi. Lekin terma jamoada o‘ynash uchun tajriba kerak. Hisobga olib qo‘yamiz Ubaydullayevni. Agar Ubaydullayev Shomurodov yoki Abduholiqovdan kuchli bo‘lganida terma jamoaga olgan bo‘lar edim.

- “So‘g‘diyona” OFK lisenziya talablarini bajara olmabdi degan gap yuribdi. Shu sabab shogirdlaringiz xotirjamlikka berilib qolmadimi?

- Voqealar rivojidan ilgarilab ketishimiz kerak emas. Oldimizda uchta o‘yin turibdi. So‘nggi o‘yinlar biz uchun qiyin o‘tmoqda. Bilaman negaligini. Chunki, zahira o‘rindig‘imiz u qadar katta emas. Qolaversa, tarkibimizda Olimpiya terma jamoasi futbolchilari ko‘p. Shu bois, jamoamizda qandaydir pasayish kuzatildi. Oldimizda uzun tanaffus turibdi. Lekin Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarimiz BAAda o‘tkaziladigan turnirga ketishadi. U yerda 13, 15, 17 va 19 noyabr kunlari o‘yin o‘tkazishadi. BAAdan qaytashganidan so‘ng, 24 noyabr kuni “Navbahor” bilan o‘yinimiz bor. Endi o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring u futbolchilar qanday ahvolda jamoamiz ixtiyoriga qaytib kelishini. Bizda ularni o‘rnini bosadigan futbolchilar yo‘q.

- Bobur Farxodovni o‘yiniga qanday baho berasiz? Xuddi o‘zi uchun futbol o‘ynayotgandek tuyulmoqda.

- Bo‘ydoq futbolchi, to‘p uchun kurashlarda ishtirok etishi uchun bugun maydonga tushirgandim. Uning men biladigan kuchli taraflari bor. O‘ylashimcha, u bugun yomon o‘ynamadi.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 22:22, 30.10.2019.
O'qildi: 5366 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.