Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Jasur Jaloliddinov bugungi BAAga qarshi o‘yin va «Bunyodkor»dagi kelajagi haqida

Jasur Jaloliddinov bugungi BAAga qarshi o‘yin va «Bunyodkor»dagi kelajagi haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, poytaxtimizda yig‘in olib borayotgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bugun Birlashgan Arab Amirliklari yoshlar terma jamoasi bilan bahs yuritdi. Mazkur o‘yindan so‘ng terma jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov bilan suhbatlashdik.

“Bugungi o‘yin saralashga ketishimizdan oldingi so‘nggisi edi. Bugun rejalashtirgan bazi bir narsalarni qilib ko‘rdik. O‘yin xohlaganimizdek bo‘lmadi. Raqibning o‘yinlarini ko‘rib chiqqan edik, ular biz kutgan o‘yinni namoyish qila olishmadi. Biz ulardan ko‘prog‘ini kutgan edik.

– Ikkinchi bo‘limda jamoamizning o‘yini o‘xshamadi va birorta aytarli hujum uyushtirmadi. Bunga nima to‘sqinlik qildi?

– Bugun katta hisobda yutishimiz mumkin edi. To‘g‘risini aytsam bugun ulardan kuchliroq o‘yin kutgan edik. Raqib bugun g‘alaba qozonishni xohlamadi va yotib olib, vaqtni cho‘zishga harakat qildi. Shu tariqa ular o‘yin tempini tushirishga harkat qilishdi. Shu sababdan ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi.

– Bugungi o‘yinda “Qo‘qon-1912” futbolchisi Hojimat Erkinov va darvozabon Abduvohid Ne’matovning o‘rni qay darajada bilindi?

– Albatta, ularning o‘rni bilindi. Axir ular jamoamizning yetakchi futbolchilaridan. Ertadan ular ham qo‘shiladi va saralash bosqichga yaxshi kayfiyatda ketamiz.

– Nima sababdan “Bunyodkor”ning oxirgi o‘yinlaridan ko‘rinmayapsiz?

– Ochig‘i o‘zim ham tushunmayapman. Balki Abramov meni ayayotgandir yoki o‘yinimda pasayish bo‘lgandir...

– Keyingi mavsum ham “Bunyodkor”da qolasizmi?

– “Bunyodkor” bilan hali shartnomam bor nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Jaloliddin Qobiljonov suhbatlashdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:21, 30.10.2019.
O'qildi: 4002 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик