Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ibrahimovich faoliyatini qayerda davom ettiradi?

Ibrahimovich faoliyatini qayerda davom ettiradi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shvesiyalik futbolchi o‘zining instagram tarmog‘I orqali o‘z faoliyatini Ispaniyada davom ettirishini e’lon qilganidan xabaringiz bor. Futbolchining so‘zlaridan so‘ng, ko‘plab g‘arb nashrlari futbolchining kelajagi haqidagi mish-mishlarni urchitib yubordi. Bugun ushbu mavzuga oydinlik kiritib o‘tamiz.

Zlatan «Los-Andjeles Gelaksi» tarkibida fantastik o‘yin namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi. Ibra MLS doirasidagi 57 ta uchrashuvda 52 bor go kiritibgina qolmay, 17 bor golli uzatmani amalga oshirishga ham muvaffaq bo‘ldi va barchaga nimalarga qodir ekanligini yana bir bor isbotlab berdi. Yangi mintaqaga tezda ko‘nikib ketgan qahramonimiz MLSga bo‘lgan e’tiborni bir muncha oshirishga ham muvaffaq bo‘ldi.

“Men bu yerda «Fiat»lar orasidagi «Ferrari»dek his etyapman”

Shu yilning 31-dekabr sanasida futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi. Futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazmayotganidan ko‘rinib turibdiki, Ibra MLSda qolmoqchi emas. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqdagi chiqishdan so‘ng, uni o‘z jamoasiga taklif qilishni istayotgan klublar soni keskin oshib ketdi. «Le Gazzeta Della Sport» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Ibrahimovich bilan Braziliyaning «Flamengo» jamoasi bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

Shuningdek, Ispaniyaning «AC» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Zlatan Argentinaning «Boka Xuniors» jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi. Argentina klubi rahbarlari yil oxirda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonida g‘olib chiqish uchun jamoaga Ibrahimovichni olib kelishni ko‘zlab turishibdi.

Shu o‘rinda Italiya nashrlari tomonidan tarqatilgan axborotlarga qaraganda, Ibrahimovich o‘z faoliyatini «A seriya»da davom ettiradi. Uning hizmatlariga ushbu yurtning naqd 16 ta klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni niyat qilmoqda.

«Italiya mening ikkinchi uyim, biroq iloji boricha eng yaxshi takliflarni ko‘rib chiqishga intilmoqchiman. Agarda Italiyaga qaytsam, chempionlik uchun kurash olib boradigan jamoa safida to‘p surishni istayman. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Men hali ham mavsum davomida 20 ta gl kiritishga qodirman»

«Le Gazetta della Sport»

Ibrahimovichning o‘zi faoliyatini «Napoli»da davom ettirishga qarshi emas. Futbolchi o‘zining so‘nggi intervyusida ushbu klub haqida quyidagi so‘zlarni aytib o‘tdi.

"Men yaqindagina Maradona haqida olingan hujjatli filmni tomosha qildim. Hech kim u kabi futbolda buyuk bo‘la olmagan. Ayniqsa, ushbu shaxar uni qay darajada yaxshi ko‘rganini tomosha qilib, ushbu shaxar jamoasi uchun to‘p surish qanchalar yoqimli ekanligini his etdim. Bu so‘zlarim bilan «Napoli»ga o‘tmoqchi degan fikr uyg‘onmasin. Mening ushbu klubga o‘tishimni boshqa insonlar hal etadi. Shunday bo‘lsada, ushbu klubning meni ruhlantira oladigan muxlislar armiyasi bor ekanligini qayd etib o‘tmoqchi edim. Agarda men «Napoli»ga o‘tsam, har bir uchrashuv katta bayramga aylanib ketadi. Shuningdek hozir ushbu klubda Karlo Anchelotti faoliyat olib bormoqda. U ajoyib murabbiy”

«Le Gazzeta Della Sport»

Shu o‘rinda «Napoli» futbol klubi prezidenti De Laurentis ham futbolchining intervyusiga o‘z javobini kechiktirmadi.

“Ibrahimovichning jamoamizga kelishi rasmiy taklif bo‘lmasada, mening istagim edi. Biz Zlatan bilan yaqin do‘stmiz. Biz asosan maydon tashqarisida uchrashib qolamiz. So‘nggi bor Los Anjels shaxrida uyushtirgan bayram kechamda ko‘rishgan va uning transferi haqida suhbatlashgan edik. Shunday bo‘lsada, bu trasnferning amalga oshishi Zlatanning o‘ziga bog‘liq." 

Janlukka Di Marsio suhbatlashgan intervyudan

Ushbu intervyu omma yuzini ko‘rgani hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, Italiyaning bir nechta nashrlari Ibrahimochga «Napoli» jamoasi tomonidan taklif etiladigan shartnomaning qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida xabar tarqatishmoqda. Unga ko‘ra, klub futbolchi uchun yiliga 6 million yevro maosh ko‘rsatilgan bir yarim yillik shartnoma taklif etadi.

Shu o‘rinda Angliya nashrlari futbolchi haqidagi mish-mishlarni to‘liq rad etmoqda va bu Ibrahimovichning navbatdagi hazilli ekanligiga barchani ishontirishmoqda. Ingilizlarning fikricha, Ibrahimovich MLSda zerikkan va plyajlardan birida dam olish uchungina Ispaniyaga tashrif buyuradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:16, 31.10.2019.
O'qildi: 2792 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.