Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Samvel Babayan: «O‘yin bobida oldinga qadam tashladik»

Samvel Babayan: «O‘yin bobida oldinga qadam tashladik»

Baho:
+ | -

AGMKga qarshi o‘yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin qiziqarli o‘tdi deb o‘ylayman. Uchrashuvning yakuniy hisobidan hech kim xafa bo‘lmadi. Ayniqsa, muxlislar o‘yinni ko‘rib zavq olishdi. Uchrashuv davomida biz vertikal o‘yin namoyish qildik, raqiblarning har bir hujumiga hujum bilan javob berdik. Shuningdek, biroz tashabbus ham biz tomonda bo‘ldi. Yutib turgan paytimiz bir necha vaziyatlardan foydalana olmadik. O‘sha paytda o‘yinga nuqta qo‘yishimiz ham mumkin edi. Afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. 1:1 hisobi biz uchun navbatchi hisob bo‘lib turibdi. O‘z navbatida, yigitlarga ham tashakkur aytaman. AGMK finalda yutqazganidan keyin bizga qarshi yuqori kayfiyatda maydonga tushishini, bor alamini bizdan olishini kutgandik. O‘yin bobida oldinga yana bir qadam tashlanganini ko‘ryapman. O‘yin sifati va hujumni tashkillashtirish borasida o‘sish borligi ko‘zga tashlanmoqda. Deyarli barcha o‘yinlarda biz raqibdan ko‘ra ko‘proq vaziyat yaratyapmiz, to‘pni o‘zimizda ushlab tura olyapmiz, ammo biroz omad kelmayapti.

Garchi safarda o‘ynayotgan bo‘lsak ham, raqibdan ko‘ra ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘lyapmiz, to‘p asosan bizning tomonda ushlab turilibdi. Bizga futbolchilarga hos daxshatlilik instinkti yetishmapyati. Ikkinchi bo‘limning boshida Jamshid Iskanderov gol urib, masalani hal qila olishi kerak edi. Ammo unga yuqorida aytgan jihat yetishmadi. Agarda u gol urganida biz biroz yengilroq tin olib, boshqacharoq o‘yin ko‘rsata olardik.

Biroz noqulay bo‘layotgan taqvim jamoaning jismoniy holatini biroz muvozanatdan chiqaradigan holatlardan biri. Bu ham halaqit qiladi. Istalgan jamoani o‘yinlarsiz faqatgina mashg‘ulotlar bilan ushlab turish juda qiyin”, — dedi Babayan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:17, 31.10.2019.
O'qildi: 2443 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.