“Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.
Fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida “Ayaks”ga qarshi kechadigan 5-noyabrdagi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. Bu haqida londonliklar ustozi Frenk Lempard ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kante salkam bir oydan buyon maydonga tusha olmayapti.