Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

G‘alabasiga ishonib qolgan “Barselona” tarsaki yedi (videosharh)

G‘alabasiga ishonib qolgan “Barselona” tarsaki yedi (videosharh)

Baho:
+1 | -

La Liga navbatdagi turida sensasiya qayd etildi.

“Levante” maydoniga safar uyushtirgan “Barselona” jamoasi kutilmaganda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ta’kidlash kerakki, “Levante” o‘yinni juda yaxshi boshladi. Garchi “Barselona” to‘p bilan muomala qilish borasida ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, mezbonlar xavfliroq harakat qilishdi, hujumlar uyushtirishdi. Biroq hisobni ochish Messiga nasib etgan ekan. Nelson Semedu yiqitilgach, bosh hakam 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Ayrimlar “Messi ushbu penaltini golga aylantira olarmikin?” deya o‘ylagan bir pallada argentinalik futbolchi darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Lekin hammasi ana shundan keyin boshlandi.

Messi hisobni ochganidan keyin “Bo‘ldi, “Barselona” zafar quchadi”, deya o‘ylab, Kataloniya klubining g‘alabasiga ishonib qolganimiz rost. Biz-ku mayli, Ernesto Valverde va “Barselona” futbolchilarining o‘zi ham g‘alabaga ishonib qolishgan ko‘rinadi. Boisi, ikkinchi bo‘limda “Levante”ning o‘yini kuchayishi bilan bir qatorda “Barselona”ning shashti pasayib bordi. Ikkinchi bo‘limning dahshatli 7 daqiqasi esa masalaga uzil-kesil nuqta qo‘ydi. Dastlab Pikening xatosi natijasida “Levante” futbolchisi hisobni tenglashtirdi. Keyin esa Borxa Mayoral fantastik zarba bilan jamoasining ikkinchi golini kiritdi. “Barselona” futbolchisiga to‘p tegishi natijasida yuzaga kelgan uchinchi gol esa yakunda mezbonlarning g‘alabasini ta’minlab berdi.

 

"Levante" – "Barselona" 3:1

"Syudad de Valensiya"

Gollar: 0:1 – 38, penalti Messi, 1:1 – 61 Kampanya, 2:1 – 63 Mayoral, 3:1 – 68 Radoya.

"Levante": Fernandes, Vezu, Klerk, Postigo, Miramon, Bardi (Rochina, 62), Melero, Radoya, Kampanya (Kabako, 87), Mayoral, Morales (Vukchevich, 82).

"Barselona": ter Stegen, Langle, Semedu, Serdji Roberto, Pike, de Yong, Artur (Fati, 66), Vidal (Buskets, 64), Suares (Karles Peres, 41), Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Artur (12), Bardi (52), Grizmann (56), Pike (66), Langle (67), Serdji Roberto (81), Fati (86).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:11, 02.11.2019.
O'qildi: 6395 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик