Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Xorxe Masvidal – BMF kamarining ilk sohibi

Xorxe Masvidal – BMF kamarining ilk sohibi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

UFC 244 turniirining markaziy jangida eng yaramas ablax jangchilar uchun ta’sis etilgan BMF kamari uchun Xorxe Masvidal hamda Neyt Diaslar o‘zaro to‘qnash kelishdi. Birinchi raundning boshlanishida Masvidalda yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. U tirsagi bilan bergan zarbasidan so‘ng, Dias muvozanatini yo‘qotib, yiqildi. Lekin Xorxe bu muvaffaqiyatni davom ettira olmadi.

Raund oxirida Neyt ham qo‘lida yaxshi zarba bergandi. Xullas birinchi raundning esda qolarli jihati shu bo‘ldi. Ikkinchi raund ham huddi shunday ssenariy ostida boshlandi. Yana Xorxe yiqitdi. Bir qator zarbalar berdi. Muvozanatdan chiqardi. Bir so‘z bilan aytganda ushbu raund to‘la Masvidal hisobiga yozildi.

Uchinchi raundning dastlabki soniyalarida esa Neyt faollashdi. Ushbu raundda ham Masvidal bir qator zarbalar berdi. ayniqsa, parterda ham yaxshi harakat qildi. Raund yana Xorxe ustunligida yakunlandi. Afsuski, tibbiyot xodimlari Diasning olgan jarohatlari jiddiy ekanligini bildirib, jangga ruxsat berishmadi. Shunday qilib, Masvidal texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, BMF kamarini qo‘lga kiritdi.

Manba: Sports.uz
Kiritildi: 11:09, 03.11.2019.
O'qildi: 3887 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.