Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi.

Saralash bahslariga hozirlik jarayoni olib borayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun poytaxtdagi yig‘inni yakunlaydi va ertaga qit’a chempionati saralashida ishtirok etish uchun Xobar shahriga yo‘l oladi.

Bugun O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi va terma jamoamizga saralash bahslarida omad tiladi.

"19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2020 final bosqichi kelasi yili yurtimizda bo‘lib o‘tadi. Lekin avvalo ushbu yosh toifasidagi terma jamoamiz oldida saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazish vazifasi turibdi. O‘zbekistonning har bir yoshdagi terma jamoasidan muxlislarimiz yuksak natijalar kutishadi. Shu boisdan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham saralashdagi har bir uchrashuvda ishonchli o‘yin namoyish etib, xalqimizga chiroyli g‘alabalar taqdim etishini kutamiz. Futbolchilar hamda murabbiylar shtabiga oldindagi musobaqada omad tilaymiz. Ishonamizki, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytasizlar", - deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o‘rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o‘tkaziladi.

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiyaga ertaga yo‘l oladi. 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:20, 03.11.2019.
O'qildi: 3877 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик