Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Son Gomesning jarohatidan so‘ng telefonlarini o‘chirib qo‘ydi

Son Gomesning jarohatidan so‘ng telefonlarini o‘chirib qo‘ydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Tottenxem» klubi hujumchisi Son Xin Min 11-tur doirasida «Everton» (1:1) klubiga qarshi uchrashuvdan keyingi ahvoliga aniqlik kiritildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida janubiy koreyalik futbolchi qanotda raqib futbolchiga “podkat” bilan qarshilik qiladi. Natijada, uning tashlanishidan so‘ng, raqibi Andre Gomesning oyog‘i sinadi.

Uchrashuv bosh hakami Martin Atkinson Songa qizil kartochka ko‘rsatdi. Hujumchining o‘zi esa raqibiga yetkazgan jarohatidan so‘ng dahshatga tushdi.

The Sun nashrining xabar berishicha, o‘yindan keyin Son kiyinish xonasida hech kim bilan gaplashmadi. Mikst-zona orqali yuzini to‘sgancha o‘tib ketgan Son, janubiy koreyalik jurnalistlarning savollariga ham javob bermadi.

O‘yin yakunlanishi bilan Son telefonlarini o‘chirib qo‘ydi va Janubiy Koreyaga - ota-onasining yoniga uchib ketdi.

Kiritildi: 17:30, 04.11.2019.
O'qildi: 12371 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик