“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas maydonda individual mashg‘ulotlarda qatnashdi.
AS’ning xabar qilishicha, Kasilyas 20-25 daqiqa maydonda harakat qilgan. Unga umumiy guruhda shug‘ullanishga ruxsat berilmagan.
Ispaniyalik darvozabon instagram sahifasiga butsaning rasmini joyladi va unga quyidagicha izoh qoldirdi: “6 oy va 3 kun sen qutida yotding”.
Eslatib o‘tamiz, Kasiyals may oyida yurak xurujiga uchragandi.