Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Og‘ir atletikachilarimiz Peruga jo‘nab ketishdi

Og‘ir atletikachilarimiz Peruga jo‘nab ketishdi

Baho:
+ | -

8-11 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng sara atletlari qatnashadigan mazkur musobaqada terma jamoamizning 3 nafar vakili Adhamjon Ergashev (-67 kg), Doston Yoqubov (-73 kg) va Muattar Nabiyeva (-55 kg) yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Ushbu musobaqada jahonning eng sara yulduzlari ishtirok etishadi. Unda qatnashish uchun Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi maxsus taklifnoma jo‘natgan bo‘lishi kerak. Bunday musobaqani o‘tkazishdan maqsad kelasi yilgi Olimpiya o‘yinlarida “A” guruhida ishtirok etishi kutiladigan sportchilarni to‘plab, ular orasida shiddatli raqobat yuzaga keltirishdir. Umid qilamizki, yurtimiz nomidan taklif etilgan 3 atletimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishadi”, – dedi O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov.

«Bu kabi musobaqada birinchi marta ishtirok etishim. Unda har bir vazn toifasining eng kuchli sportchilari qatnashadi. Qolaversa, turnir o‘tadigan mamlakat ham ancha olisda bo‘lgani uchun sal avvalroq borishimiz kerak. Federasiyamiz, xalqimiz bizga ishonch bildirib turishibdi. Nasib qilsa, bu ishonchni, albatta, oqlab qaytamiz«, – dedi Adhamjon Ergashev.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi murabbiy Bahram Mendiboyev va delegasiya rahbari Shahrullo Mahmudov boshchiligida Peru safariga yo‘l olgan vakillarimizga omad tilab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:32, 05.11.2019.
O'qildi: 2309 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.