Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Venger Azarning «Real»dagi muammolarini ortiqcha vazn bilan bog‘ladi

Venger Azarning «Real»dagi muammolarini ortiqcha vazn bilan bog‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Eden Azarning “Real”da duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida gapirdi.

Mutaxassis yangi jamoaga moslashishda muammoga duch kelayotganini ortiqcha vazn bilan bog‘ladi.

— U Madrid klubida haddan tashqari hayajonlanadigan yigit emas, lekin men uni yaxshi biladigan darajada emasman.O‘ylashimcha, bunga ko‘proq jismoniy tayyorgarlik sabab bo‘lsa kerak. U haddan tashqari og‘ir bo‘lib ketdi.Agar sizni otni poygada yutqazishini xohlasangiz, unga ikki kilogram yuk yuklasangiz yutqazishi uchun kifoya bo‘ladi. Biz hali Azarning Angliyada ko‘rsatgan o‘yinlarini ko‘rmadik. U jarohat olganidan keyin jismonan baquvvat bo‘lmadi.Biroq, u xuddi o‘ziga «Chelsi» klubidagidek ishonchli emasdek tuyulmoqda, — dedi Venger.

Eslatib o‘tamiz, Azar «Real» klubiga yozda «Chelsi» klubidan 150 million funtsterling evaziga ko‘chib o‘tgandi. Belgiyalik yarim himoyachi 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 19:06, 07.11.2019.
O'qildi: 2125 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.