Fransiyalik murabbiyi Arsen Venger «Bavariya» klubi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Avvalroq, OAV orqali Venger “Bavariya”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida borligi, u klub rahbarlari bilan uchrashganligi haqidagi xabarlar yangragandi.
— Men “Bavariya” klubiga murabbiylarni tayilaydigan insonlar bilan yaqin munosabatdaman. Biroq, men hozircha klubdagilarning hech qaysi biri bilan gaplashmadim, — dedi 70 yoshli mutaxassis.













