«Real» Bundesliganing eng kuchli hujumchisini sotib oladi.
Bild nashrining xabariga ko‘ra, Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski yozgi transfer bozorida jamoani tark etadi. Polshalik futbolchi madridning “Real” klubi short-listidan joy olgan.
Ma’lumotda aytilishicha, «Bavariya» Levandovski jamoani tark etganidan so‘ng, uning o‘rniga «RB Leypsig» klubi hujumchisi Tim Vernerni olib keladi. Germaniyalik hujumchining o‘zi ushbu transferga rozi.













