Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ronaldu: «Transfer narxim qancha? Bilmadim»

Ronaldu: «Transfer narxim qancha? Bilmadim»

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu bilan katta intervyu xorij OAVda chop etildi. Biz ana shu intervyuning eng muhim qismlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Bolaligi haqida

Asosiysi — tug‘ma talant, menda bu bor edi. Agar tug‘ma iqtidoringiz bo‘lsa, sportning istalgan turida zafar quchishingiz mumkin.

Men iqtidor bilan tug‘ildim, o‘z ustimda ko‘p ishladim. Bolaligim qiyin o‘tgan, ammo och qolmaganman. «Sporting»ga kelganimda esa hamma yog‘larni «yoqishimga» to‘g‘ri kelgan.

Mayorga haqida

2018 yilda shaxsiy hayotim ancha og‘ir kechdi. Odamlar hayotingning bir qismiga aylanganida qiynalasan. Juda qiyin. Mening katta oilam bor: ayolim, bolalarim, ular hammasini tushunishadi. Juda qiyin daqiqalar edi. Bu haqda gapirish yoqimsiz, ammo muhimi, aybsiz ekanligim isbotlandi. Qiyinchilik bilan bo‘lsa-da o‘zimni oqlashni uddaladim.

Sovrinlari haqida

Men hech qachon «Oltin to‘p» haqida, ayniqsa, uni ikki, uch, to‘rt yoki besh marta qo‘lga kiritish haqida o‘ylamaganman. Lekin buni istarmiding, deb so‘rasangiz, inkor etmayman. Albatta, g‘alabalar menga yoqadi. Har yili Chempionlar ligasi, milliy chempionat, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni xohlayman. Buning uchun esa ishlash kerak. G‘alaba qozonmoqchimisan, o‘z ustingda ishla. Bu mening futbolga bo‘lgan qarashim va har ertalab ana shunday motivasiya bilan uyg‘onaman.

 «Sporting»dan ketishi haqida

«Sporting»ning «MYU»ga qarshi o‘yinidan keyin «Manchester Yunayted»ning meni sotib olishga qaror qilgani yolg‘on.

Chunki bu paytda allaqachon ko‘plab jamoalar tomonidan qiziqish bo‘layotgandi. Masalan, «Valensiya». Arsen Venger men bilan «Arsenal»ga o‘tishim borasida gaplashgan. «Barselona», «Real», «Inter». «MYU» ham qiziqqan. Men aynan o‘sha yili o‘taman, deb o‘ylamaganman.

Narxi

Hozirgi transfer narxim haqida gapirishim qiyin. Bugungi futbol sanoati mutlaqo boshqa. Joau Felish – alohida tarix. Bugun istalgan futbolchi, hatto hech narsa qila olmaydiganini ham 100 mln yevroga narxlash mumkin. Himoyachi va darvozabonlar 70-80 mln yevroga sotilmoqda. Men bunga qo‘shilmayman, ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayapmiz, ko‘nikishimiz kerak.

Faoliyatini yakunlashi haqida

Hozir bu haqda o‘ylayotganim yo‘q. Ehtimol, keyingi fil faoliyatimni tugatarman. Aslida, 40-41 yoshgacha o‘ynay olaman. Tag‘in bilmadim… Men hozir futbol o‘ynashda davom etishim kerak.

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:05, 09.11.2019.
O'qildi: 10805 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.