Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov: «Gol o‘tkazib yuboryapmiz? Axir bizda Van Deyk yo‘q-ku»

Vadim Abramov: «Gol o‘tkazib yuboryapmiz? Axir bizda Van Deyk yo‘q-ku»

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iziston terma jamoasini 3:1 hisobida taslim etdi. O‘yindan keyingi matubot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov qatnashdi.

“Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bugungi o‘yinda ko‘plab futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik. Menimcha, uchrashuv anchagina foydali bo‘ldi. Endi bu g‘alabani unutib Saudiya Arabistoni termasiga qarshi tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak.  

Har bir jamoa raqib imkon berganicha o‘ynaydi. Tinmay hujum qilgan jamoa gol ham o‘tkazib yuboradi. “Siti” va “Liverpul”dan ham shu muammo. Axir bizda Van Deyk yo‘q-ku. Braziliyaliklar aytgandi, nechta gol ursangiz ham, biz xohlaganimizcha uramiz. To‘g‘ri biz braziliyalik emasmiz, biroq o‘rganamiz. Dunyoda ko‘p hujum qiladigan va umuman gol o‘tkazmaydigan jamoa bo‘lmasa kerak.

Odil Ahmedov Saudiyaga qarshi o‘yinda ham himoyada o‘ynaydimi? Bu haqida bir narsa deya olmayman. Bugun tajriba sifatida o‘ynatib ko‘rildi. Balki Saudiyaga qarshi o‘ynamasligi ham mumkin.

Murtozayevni nega tushirmadim? Avvaliga uni tushirmoqchi bo‘ldik. Keyinchalik o‘yin paytida navbatdagi bahsda ishonch bildiradigan futbolchilarga imkon berishga qaror qildim. Humoyun Saudiya va Falastinga qarshi o‘yinlar qaydnomasiga kiritilmaydi.. Sababi, bizda Shomurodov, Sergeev va Abduholiqvlar bor. To‘g‘risi uni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim, lekin bugungi o‘yinda 6ta o‘zgarish qilish mumkin edi.

Shuningdek, Olimpiya terma jamoasiga ham zarar qilmaslik uchun harakat qilayapmiz. Bu jamoa Dubayga xalqaro turnirga uchib ketmoqda. U jamoadagi futbolchilarga deyarli tegmadik. Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olishsa, bu o‘zbek futbolchi uchun katta yutuq bo‘ladi”, -deya murabbiy so‘zlarini keltirmoqda Stadion.uz muxbiri Jaloliddin Qobiljonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:36, 09.11.2019.
O'qildi: 9751 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.