Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

AFC U19 saralash. O‘zbekiston Saudiya bilan durang o‘ynadi (videosharh)

AFC U19 saralash. O‘zbekiston Saudiya bilan durang o‘ynadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichining "F" guruhi o‘yinlari yakunlandi. So‘nggi turda o‘zbekistonlik yoshlar mezbonlarga qarshi maydonga chiqishdi.

Birinchi bo‘lim davomida ustunlik Otabek G‘ulomxo‘jayev shogirdlari tomonida bo‘ldi. Ular kamida 3ta golga tortadigan vaziyatdan foydalana olishmadi. Taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa saudiyaliklar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Hakam esa qoidabuzarlik tufayli darvozamizga penalti belgilab, himoyachimizni maydondan chetlatdi.

O‘yin tugashiga 2 daqiqa qolganidan esa Jaloliddin o‘ng qanotdan bir himoyachidan qochib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Dastlabki zarbani darvozabon qaytargan bo‘lsa, takroriy zarba bilan "Bunyodkor" futbolchisi darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu durang tufayli O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 7 ochko to‘plagan holda "F" guruhida to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu natija orqali O‘zbekiston termasi guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallaganlar jadvalida 4-o‘rinni band etdi.

Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati mezboni sifatida qit’a birinchiligi yo‘llanmasini ertaroq qo‘lga kiritib bo‘lgan edi. Jamoamiz o‘z guruhida yo‘llanma taqdim etuvchi o‘rinni egallagani bois, saralash guruhlarida 2-o‘rinni egallagan beshinchi jamoaga ham yo‘llanma taqdim etiladi.

U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashi, "F" guruhi, 3-tur
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston 1:1
Gollar: Basil Yussuf as-Sayyali (45+3-penalti) - Jasurbek Jaloliddinov (88).
O‘zbekiston U-19: Abduvohid Ne’matov, Saidazamat Mirsaidov, Xurshidbek Ubaydullayev, Ibrohimhalil Yuldoshev, Odilbek Abdumajidov, Jasurbek Jaloliddinov, Diyor Ramazonov (Sunnatilloh Hamidjonov), Diyorbek Rahimqulov, Ruslan Roziyev (Muzaffar Olimjonov), Xojimat Erkinov, Ulug‘bek Hoshimov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:42, 11.11.2019.
O'qildi: 2857 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.