Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ronalduning Turindagi safari qariyaptimi?

Ronalduning Turindagi safari qariyaptimi?

Baho:
+ | -

“Milan”ga qarshi kechagi o‘yinda Sarri va Ronaldu o‘rtasidagi mojaro ana shu yangilikni eslashga majbur qildi meni. Aftidan, portugaliyalik futbolchi va murabbiy o‘rtasida nizo borga o‘xshaydi.

RONALDUNING JAROHATI BORDIR, AMMO...

Sarri kecha Ronalduning zaxiraga olinishini uning jarohati ko‘ngildagidek o‘ynashiga xalal berayotganini aytdi, ya’ni Krishtianu o‘ynay olmaganini muloyim qilib tushuntirib qo‘ydi. Lekin Ronaldu o‘ynashni istaganini, zaxiraga olinishni xohlamaganini yashirmadi. Ya’ni u jarohati bo‘lsa-da almashtirilishini kutmagandi. Shu bois Sarrining qarorini hazm qila olmadi. O‘yindan keyin Maurisio Ronalduning zaxiraga olinganini jarohati bilan bog‘lab, “U jarohati bo‘lsa-da, klub uchun jon kuydirib o‘ynayapti, qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishga urinyapti”, deb Ronalduning obro‘sini oshirib ham qo‘ydi.

SARRI HAQMIDI?

Kecha Maurisio Sarrining qarori to‘g‘ri bo‘lganligi o‘z aksini topdi. Ronaldu ko‘p vaziyatlarda raqib futbolchilarini ortda qoldira olmadi, zarbasi ham xavfli chiqqani yo‘q, xullas, kecha o‘yini o‘xshamadi. Sarri esa uning o‘rniga Dibalani tushirdi va aynan Paulo Turin klubiga g‘alaba keltirdi. O‘z-o‘zidan aniqki, Sarrining kechagi qarori to‘g‘ri. Gap bu yerda Ronalduning almashtirilganida emas, gap o‘yini qovushmagan futbolchining almashtirilganida. To‘g‘ri, kechagi o‘yinda Dibalani Iguainning o‘rniga tushirsa ham bo‘lardi, shunda Ronaldu markazga o‘tardi. Ammo Sarrining qarori o‘zini oqladi. Agar kecha  o‘zgarishlar foyda bermay, “Yuventus” ochko yo‘qotganida, ehtimol, murabbiyni ayblasa bo‘lardi. Lekin bunday bo‘lmadi. Hayotda esa shunday qoida bor: “G‘oliblar muhokama qilinmaydi”. Sarri “Yuventus”ga Ronalduni asosiy tarkibda o‘ynataman deb emas, jamoaga sovrinlar olib beraman deb kelgan.

RONALDU KETISHI KERAKMI?

Agar vaziyat shu tarzda davom etaversa, Sarri Krishtianuni zaxiraga olaversa, vaziyat jiddiylashishi tayin. Ronaldu unga past baho berishlarini yoki boshqa birovni undan kerakliroq futbolchi deb hisoblashlarini ko‘tara olmaydi. U — mag‘rur, ana shu mag‘rurligi tufayli ham “Real”dan ketgan. Qadriga yetishmaganida 9 yil o‘ynagan jamoasidan keta olgan futbolchi uchun “Yuventus”ni tark etish muammo emas. Hammasi o‘ziga bog‘liq. Agar “Men asosiy tarkibda tushishim kerak”, deya Sarri bilan mojaroga boraversa, ketish ehtimoli yaqin, lekin agar vaziyatga ko‘nikib, o‘ynashda davom etaversa, qoladi.

Shaxsan men Ronaldu faoliyatini “Yuventus”da tugatadi, deb o‘ylamayman. Hatto agar yozda grand jamoalardan biri arzirli taklif bilan chiqsa, faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi ham mumkin. Hozircha esa Sarri va Ronaldu voqeasi qanday rivojlanishini kuzatamiz.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:54, 11.11.2019.
O'qildi: 13847 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.