Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

6 o‘yinda ijobiy natija? Emeri “Arsenal”dan ketadi-yov!

6 o‘yinda ijobiy natija? Emeri “Arsenal”dan ketadi-yov!

Baho:
+ | -

Hozirgina xorij OAVda “Arsenal” ustozi Unai Emeri haqida xabar tarqaldi. Unga ko‘ra “kanonirlar” rahbariyati Emerini iste’foga chiqarmaydi, ammo unga shart qo‘ygan. Ya’ni murabbiy navbatdagi 6 ta o‘yinda ijobiy natija qayd etishi shart.

Shu xabarni o‘qigan zahoti London klubining navbatdagi 6 ta raqibi bilan qiziqdim. Shunchaki dahshatli o‘yinlar kutayotgan ekan “Arsenal”ni.

“Arsenal” 23 noyabrda “Sautgempton” bilan o‘ynarkan. Londonda kechadigan bahsda Emeri uchun ijobiy natija bu — faqat va faqat g‘alaba. Ammo “Sautgempton” ham osonlikcha taslim bo‘lmasligi aniq. Xullas, o‘yin qiyin kechishi turgan gap.

APL doirasida navbatdagi raqib — “Norvich”. “Arsenal” 1 dekabrda mehmonda to‘p suradi. To‘g‘ri, “Norvich” autsayder, ammo o‘z uyida o‘ynashini hisobga olsak, APLda istalgan klub o‘z uyida muxlislar uchun ham ikki karra kuch bilan harakat qiladi. Mazkur bahsda “Arsenal”ni faqat g‘alaba qoniqtiradi.

APLda keyingi o‘yin 6 dekabrda “Brayton”ga qarshi o‘tkaziladi. Tabiiyki, o‘z uyida o‘ynaydigan “Arsenal” mazkur matchda uch ochkoni qo‘lga kiritishi lozim. “Brayton” esa g‘alabani qo‘sh-qo‘llab topshiradigan jamoa emas.

Emeri uchun imkon berilgan to‘rtinchi o‘yin “Vest Xem” maydonida bo‘lib o‘tadi. 10 dekabr kuni “bolg‘achilar” mehmoni bo‘ladigan “Arsenal” g‘alaba qozonishi kerak. Lekin “Vest Xem”ni mag‘lub etish juda qiyin ish ekanligini Emerining o‘zi ham biladi.

Beshinchi o‘yin — shunchaki dahshat. 15 dekabr kuni Londonga “Manchester Siti” tashrif buyuradi. Ushbu o‘yinda “kanonirlar” uchun durang ham ijobiy natija bo‘lishi mumkin. Ammo shundoq ham “Liverpul”dan ortda qolib ketgan “shaharliklar” “Arsenal”ni mag‘lub etish uchun tish-tirnoqlari bilan kurashadilar. Ushbu bahs “kanonirlar” uchun hayot-mamot o‘yiniga aylansa, ajabmas.

Aksiga olib APL doirasidagi 6-o‘yin ham qiyin kechishi tayin. 21 dekabrda “Arsenal” Londonning boshqa bir jamoasi — “Everton” maydoniga safar uyushtiradi. Mavsum avvalida yaxshi xaridlarni amalga oshirgan “Everton” “Arsenal”ga haqiqiy kurash taklif etishi tayin.

Agar Emeriga berilgan 6 o‘yinlik imkoniyatni umumiy deb olsak, u oxirgi ikkita raqibdan qutulib qolishi mumkin. Chunki orada biz Yevropa Ligasi doirasidagi ikkita o‘yinni kiritmadik. Ya’ni “Arsenal” 29 noyabr kuni “Ayntraxt”ni qabul qiladi. Nemis klubi ham kuchsiz emas ayni damda. “Ayntraxt” hatto “Arsenal”ni mag‘lub etishi ham mumkin.

Yevropa Ligasi doirasidagi navbatdagi o‘yin esa 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Arsenal” “Standart”  klubi maydoniga safar uyushtiradi. Ko‘rinib turibdiki, Yevropa Ligasi doirasidagi o‘yinlar ham APL doirasidagi bahslardan qolishmaydi.

Aftidan, agar “Arsenal” rahbariyati va’dasida tursa, Emerining jamoadan ketish ehtimoli ko‘proqqa o‘xshamoqda. Yanayam kim bilsin, balki “Arsenal”ning bu yog‘iga ishlari yurishib ketar. Ko‘ramiz.

Nizomjon ISLOMOV 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:28, 11.11.2019.
O'qildi: 4566 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.