Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini “Yuventus” hujuchisi Krishtianu Ronalduning zaxiraga olingandan keyingi hulqi haqida gapirdi.
“Men to‘liq vaziyatni bilmayman, lekin futbolchilar murabbiy va jamoadoshlariga hurmat saqlashi kerak, xoh u chempion bo‘lsin yoki yosh futbolchi. Ba’zida umidsizlik va asabiylik harakatlarga tasir o‘tkazishi mumkin. Umid qilaman, Ronaldu kechirim so‘raydi va hammasi unitiladi”, - deya Manchini so‘zlarini keltiradi A Bola.