Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Habib uni nima tinchlantirishini aytdi

Habib uni nima tinchlantirishini aytdi

Baho:
+ | -2
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagamedov Moskvada bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan UFC turniri oldidan muxlis va jurnalistlar bilan uchrashdi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

Toni bilan jang haqida to‘xtalib o‘tsangiz. Jang qachon bo‘lib o‘tadi?

To‘g‘risi, jang borasida muzokaralar boshlanganiga ancha vaqt bo‘ldi. Menga kelasi yilning mart oyida Las-Vegas shahrida jangni o‘tkazishni tavsiya qilishdi. Men ularga Las-Vegas Konor bilan jangdan so‘ng, meni jarimaga tortishgani uchun rasmiy kechirim so‘rashsagina rozi bo‘lishimni aytdim. Agarda shartimga ko‘nishmasa, boshqa istalgan shaharda jang qilishga tayyorman. Agar mening jarimga tortilgan million dollar pulimni qaytarishsagina mart oyida bo‘lib o‘tadigan UFC kechasida oktagonga chiqishim mumkin.

Sen nima uchun Konorning Moskvadagi hunarlariga e’tibor qaratmading? Seningcha sizlar o‘rtangizda yana jang bo‘lib o‘tadimi?

Men unga javob qaytarishdan hech qanday naf yo‘q deb hisoblayman. Nima qilish kerak bo‘lsa, barchasini amalaga oshirdim. So‘z bilan javob qaytarish mening uslubimda emas. Revansh borasida ham o‘z qarashlarim bor. Men ushbu kamarga ega chiqish uchun 10 ta jangda g‘alaba qozonishga majbur bo‘ldim. Agarda u ham ketma-ket 10 bor g‘alaba qozonsa, biz yana jang qilishimiz mumkin.

Habib sen nega Rossiya bayrog‘ini o‘zing bilan olib chiqmaysan?

Yaxshi savol. Men anchadan beri shu savolni kutayotgan edim. Keling ochiqchasiga gaplashib olamiz. Rossiya bayrog‘ini yelkasida ko‘tarib chiqib barchaning oldida o‘zini ko‘rsatayotgan sportchilar talaygina topiladi, biroq mening ulardan farqim bor. Men hech kimning nafsoniyatiga tegmayman, qariyalarga qo‘l ko‘tarmayman, spirtli ichimliklarni sotmayman va ularni reklama ham qilmayman. Men o‘z yurtimni o‘z uslubimda namoyish etaman. Agar sen bayroq bilan chiqsang vatanparvar bo‘lib qolmaysan. Bayroqni qo‘lga olishdan oldin ham bir nechta vazifalarni bajarishing lozim.

Habib seni nima tinchlantiradi?

Allohni yodga olishgina qalbimdagi barcha muammolarga yechib bo‘ladi.

Habib faoliyatingni qachon tugatishni rejalashtiryapsan?

Menimcha tez orada jangchilik faoliyatimni o‘z yakuniga yetkazsam kerak. Uzog‘i bilan yana ikkita jangda ishtirok etishim mumkin. Umid qilamanki, o‘z kamarimni Islam Mahachevga qoldirib ketaman. Shu yo‘sinda istafeta uning qo‘liga o‘tadi. Bu orqali biz ustozimiz Abdulmannap Nurmagamedovni MMA va UFC tarixiga kirishini ta’minlamoqchimiz. Shu kunga qadar birorta murabbiyning shogirdlari Kamarni birin-ketin qo‘lga kiritmagan. Hozir Islam 15-pog‘onada bormoqda. Uning tezroq ko‘tarilishini va chempionlikni qo‘lga kiritishini istayman.

Faoliyatingni yakunlagach, nima bilan mashg‘ul bo‘lishni rejalashtiryapsan?

Men hozirdanoq bu borada ishlarni amalga oshiryapman. Bir nechta rejalarimni amalga oshirishga ham muvaffaq bo‘ldim. To‘g‘ri, barchasini amalga oshirish uchun vaqtim kamlik qilmoqda. Umid qilamanki, faoliyatim yakunlangach, yo‘qolib qolmayman.

Habib yangi vazn toifasiga ko‘tarilishni va yangi kamarlarni qo‘lga kiritishni istamaysanmi?

Men barcha vazn toifasidagi kamarlarni qo‘lga kiritishni istayman, biroq inson o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashi lozim. Bir vaqtning o‘zida ikkita quyonning ortidan quvishni istamayman.  Hozirgi vaznimda ham qilishim kerak bo‘lgan ishlarim talaygina va hali juda ko‘p narsalarni isbotlashim zarur.

Agarda UFC jangchisi bo‘lmaganingizda, hayotingiz qay darajada o‘zgarib ketgan bo‘lar edi?

Men 16 yoshimdan boshlab sport bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlaganman. Unga qadar bilib olishga intilar edim. Agar sport bilan shug‘ullanmaganimda o‘zimga yoqadigan kasbning egasi bo‘lishim mumkin edi. Ochig‘i, bu haqida sira o‘ylab ko‘rmagan ekanman.

Sen juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lsangda, negadir hayriya ishlari bilan deyarli shug‘ullanmayasan. Buning sababi nimada?

Yaratgan bizni yaxshilik qilishga undagan. Yaxshlik ikki xil bo‘ladi. Yashirin va oshkora. Yashirin yaxshilik oshkora qilinganidan ancha ustun turadi. Mening xayriya ishlarim sir bo‘lib qolgani ma’qul. Shunday bo‘lsada, bizda oshkora yaxshilik ma’n etilmagan. Tez orada juda katta xayriya ishlarini amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. Gap nima haqida ketayotganini tez orada bilib olasan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:29, 12.11.2019.
O'qildi: 6157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.