"Barselona" klubining yangi formasi taqdimot marosimi o‘tkazildi.
Ekipirovkani yaratishda Kataloniya bayrog‘i ranglari bo‘lgan — tilla va qizil ranglardan foydalanilgan. Futbolkada 4ta diagonal chiziq tortilgan. "Barsa" mazkur formani safar o‘yinlarida kiyadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilda "Barselona" tashkil topganiga 120 yil to‘ladi.