Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Qishda kutilayotgan bomba transferlar

Qishda kutilayotgan bomba transferlar

Baho:
+ | -

Qishki transfer oynasi ochilmagan bo‘lsada, ko‘plab futbolchilarning transferi haqidagi mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Darhaqiqat, ayrim futbolchilarning navbatdagi klubi nomi tahminan aniqlashmoqda. Bugun qishgi transfer oynasi chog‘ida amalga oshishi kutilayotgan transferlar haqida so‘z boradi.

Isko – «Arsenal»



Ispaniyalik yarim himoyachi katta ehtimol bilan qishda jamoani tark etishi kutilmoqda. Hozirda Zidan boshchiligidagi «Real Madrid»da unga zahira o‘rindig‘idan ham joy topilmayapti. O‘zining eng kuchga to‘lgan davrini boy bermaslik va terma jamoadan chaqiruv olishda davom etish uchun ham futbolchi katta ehtimol bilan yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi chog‘ida Madridni tark etadi. «The Guardin» nashrining xabar berishicha, Isko tez orada «Arsenal» jamoasi bilan muzokaralarni boshlaydi. Mesut o‘zilning «to‘pchilar» safidagi o‘rnini egallashi kutilayotgan Iskoning o‘zi ham klubini tezroq almashtirish niyatida. Futbolchining tahminiy transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etadi va bu summa «Arsenal» uchun ortiqcha muammo tug‘dirmasa kerak.

Sami Hedira –«Manchester Yunayted»



Hedira ham yangi mavsumni yaxshi boshlay olmadi. Maydon markazidagi kuchli raqobat sababli asosan maydon chetida qolib ketmoqda. Turin klubi ushbu mavsumda bir nechta yarim himoyachilarni harid qilgani bois, Hediraga ehtiyoj sezilmayapti. Bundan tashqari, Sarri o‘yin uslubida Hedira singari og‘ir futbolchiga bora-bora joy topilmay qolmoqdi.

Germaniyalik futbolchining o‘zining so‘nggi mavsumlarini zahirada o‘tkazishni istamayapti. Agarda Hedira boshqa klubga o‘tsa, katta ehtimol bilan bu «Manchester Yunayted» klubi bo‘ladi. Yozgi transfer oynasi chog‘ida kuchli transferlarni amalga oshirmagani uchun ham oddiy o‘yinlarda ochko yo‘qotmoqda. Norasmiy manbalarning xabar berishicha, Sulsherning shaxsan o‘zi, u qadar qimmat bo‘lmagan narxga tajribali yarim himoyachini harid qilishni istamoqda.

Usman Demvele – PSJ yoki «Bavariya»



Yosh iqtidor egasi «Barselona»da Nemarning o‘rnini egallashi kutilgan edi, biroq uning ma’suliyatsizligi biroz pand bermoqda. Mashg‘uotlarga kechikich, jamoadoshlar bilan janjallar, qizil kartochkalar futbolchiga bo‘lgan ishonchning keskin pasayib ketishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Antuan Grizmanning jamoaga kelishi futbolchining klubdagi o‘rnini yanada omonatlashib qolishini ta’minladi.

«Barselona» Usmanni Neymar bilan ayrboshlashga rozi bo‘lmagan bo‘lsada, qishki transferlar chog‘ida o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishga tayyor. Gap shundaki, klub futbolchidan kutgan mo‘’jiza yuz bermayapti va yuz bermasa ham kerak. Shuningdek hozirda qayta qurilayotgan «Bavariya» ham Dembeleni qo‘lga kiritishi mumkin. Bundesliga doirasidagi o‘yinda 5 : 1 hisobida anchadan beri mag‘lubiyatga uchramagan «Bavariya» ham katta transferlarsiz ish bitmasligini tushungani aniq. Qisqacha qilib aytganda, Dembelening transferi borasidagi mish-mishlar qishda urchib ketishi kutilmqoda.

Ivan Rakitich - "Inter"



Bir necha yil davomida «Barselona»ning asosiy yarim himoyachisi maqomini hech kimga bermagan xorvat bu mavsumda zahiraga mixlanib qolganidan xabaringiz bor. Hozirda qahramonimiz raqobatda yoshroq futbolchilarga imkoniyatni boy bermoqda. Shunday bo‘lsada, uning hizmatlariga bo‘lgan qiziqish zarracha pasaygani yo‘q. Hozirda uni «Manchester Yunayted»  jamoasi kuzatib borayotgan bo‘lsada, Rakitichning keying manzili «Inter» klubi bo‘lishi kutilmoqda. 4 karra Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan xorvatiyalik futbolchining o‘zi ham faoliyatini «A seriya»da davom ettirishga qarshi emas. Nisbatan tezlik pastroq bo‘lgan birinchilik 30 yoshdan oshgan yarim himoyachi uchun ayni muddao bo‘lsa, ajab emas.

Oliviye Jiru - "Inter"



Fransiyalik hujumchi Frenk Lempardning jamoasida o‘rin topa olmadi. Tammi Abrahamning soyasida qolib ketayotgan jahon chempionining jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlar allaqachon tarqab bo‘lgan. Jiruning o‘zi klub asosiy tarkibdan joy tayin etilsagina klubda qolishini rasman e’lon qildi. Shunday bo‘lsada, Lempardning jamoasida Jiru uchun faqat zahirada joy topilmoqda.

Hujumchi katta ehtimol bilan qishki transfer oynasi chog‘ida Londonni tark etadigan ko‘rinadi. Uning hizmatlariga Milanning «Inter» klubi ustozi Antonio Konte qiziqish bildirmoqda. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, qishki transfer oynasining ilk trnasferi aynan Jiru bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:51, 13.11.2019.
O'qildi: 23279 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.