Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Aziz Haydarov: «Muxlislardan uzr so‘rayman»

Aziz Haydarov: «Muxlislardan uzr so‘rayman»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan joy olgan Aziz Haydarov Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, saytimiz uchun intervyu berib o‘tdi.

— Bugun terma jamoamizga nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?
— Albatta, omad yetishmadi. Bugun yigitlar hech qaysi jabhada raqibdan ortda qolishgani yo‘q. Afsuski, o‘yin so‘nggida ikkita kichik xatolar tufayli mag‘lubiyatga uchradik. Nafaqat muxlislar, balki o‘zimiz ham so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborgan gollardan so‘ng chuqur shok holatidamiz.

— Shomurodov ikkinchi taymda bo‘shroq harakat qilgandek tuyulmadimi?
— Menimcha yo‘q. U Bugun bitta gol kiritdi va jamoa uchun mehnat qildi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlaridan birini amalga oshira olmadi. Shunday bo‘lsada, uning hizmatlarini yuqori baholamaslik noto‘g‘ri bo‘ladi.

— Hakamlik borasida nima deya olasiz?
— Nima ham derdim? Ular ham inson va ular ham xato qilishadi. Bugungi uchrashuvda hakamlik haqida fikr bildirganim bilan hech narsa o‘zgarib qolmaydi.

— Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng, muxlislarning maydonga qaytarish juda mushkul bo‘ladi?
— Darhaqiqat, bugun stadion bizni to‘liq qo‘llab turdi. Ming afsuski, bugun bizda voqealar ko‘payib ketdi. Hozir yigitlarga nima deyishni ham bilmay qoldik. Qattiq ham gapirdik, eng so‘nggi imkoniyat ekanligi haqida ham tushuncha berdik. Bir necha kundan so‘ng, bizni Falastinga qarshi o‘yin kutib turibdi. Yigitlarga ortiqcha bosim uyushtirishdan naf yo‘q. Oldimizda qolgan imkoniyatlardan foydalanishdan boshqa choramiz yo‘q. Bu bizning yigitlar. Ular bizning mahsulotimiz. Bu yigitlarning o‘rniga Braziliya yoki Argentinadan futbolchi kelib to‘p surmaydi. Muxlislardan bugungi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Bizni oxirigacha qo‘llab turishlarini iltimos qilaman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:11, 14.11.2019.
O'qildi: 7887 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик