Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Oskar De La Hoyya: «Bektemir — vahshiy yirtqich»

Oskar De La Hoyya: «Bektemir — vahshiy yirtqich»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (3-0, 3 KO) AQSHning mashhur Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Promouterlik kompaniyasi rahbari, sobiq bokschi Oskar De La Hoyya Meliqo‘ziyev bilan tuzilgan shartnomadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz «Mir boksa» (World of Boxing) bilan Bektemir Meliqo‘ziyevning faoliyatini targ‘ib qilishda hamkor bo‘lganimizdan xursandmiz. Bu yigit — mutlaq vahshiy yirtqich. U kuchli, chidamli, oyoq va qo‘l harakatlari ham juda tezkor. Ayniqsa bu o‘zining vazn toifasida sezilarli darajada. Biz uning reytingda juda tez ko‘tarilishini va 168 fut (76,2 kg)vazn toifasidagi barchaga ko‘rsatib qo‘yishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz», deya gapirib o‘tgan De La Hoyya.

«Bektemir hali yosh, ammo shunga qaramay o‘ta tajribali va havaskor boksda o‘zining iqtidorini namoyish etishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zi ham professional boksning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan Oskar De La Xoyyadek funksioner bilan hamkorlik natijasida Bektemirning ham yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga ishonchim komil», degan «Mir boksa» rahbari Andrey Ryabinskiy.

«Bek — ringda haqiqiy bezori, ammo ringdan tashqarida juda yoqimli va quvnoq bola. Men Golden Boy bilan hamkorlikda u allaqachon erishib bo‘lgan yulduzlikning eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman», deya gapirgan Meliqo‘ziyevning menejeri Vadim Kornilov.

Shuningdek, Bektemir Meliqo‘ziyevning o‘zi ham yangi shartnomadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

«World of Boxing va Golden Boy bilan hamkorlikda uzoq va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimga ko‘zim yetmoqda. Bunday professional jamoaga ega ekanim juda ham yoqimli. Men ularning ko‘pchiligini bokschi sifatida o‘tkazgan janglarini TV orqali ko‘rardim va qachondir AQSHda xuddi ulardek janglar o‘tkazishni orzu qilardim. Endi bu imkoniyat menda bor va undan bor qobiliyatlarimni ishga solib foydalanaman. Chalg‘ib qolmang, endi barcha janglarim o‘tkazib yuborish mumkin bo‘lmaydigan darajada ajoyib spektaklga aylanadi», degan Meliqo‘ziyev.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev dekabr oyida o‘zining ilk chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Unga fransiyalik sobiq jahon chempioni Hassan N‘Dam N‘Jikam (37-4, 21 KO) raqiblik qilishi kutilmoqda.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 02:14, 16.11.2019.
O'qildi: 7450 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.