Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Rasman: Murodjon Xolmurodov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi

Rasman: Murodjon Xolmurodov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Noyabr o‘zbek sporti uchun unutilmas voqeliklarga boy bo‘lmoqda. Boisi, oy davomida para-atletlarimiz jahon chempionati orqali Tokio Paralimpiadasiga 8 ta, sportimiz tarixida ilk bor zamonaviy beshkurashchilarimiz Olimpiya o‘yinlariga bir emas, ikkita lisenziyaga ega bo‘lishdi.

Velosportchimiz Murodjon Xolmurodovning Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgani haqidagi rasmiy xabar esa bugun barcha o‘zbek sporti muxlislarini xursand qilishi turgan gap. Hamyurtimiz aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Aynan ushbu natija sportchimiz uchun Tokio Olimpiadasi eshigini ochmoqda. Boisi undan yuqori natija qayd etgan sportchilar jahon chempionati orqali Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Tokio-2020 Xolmurodovning faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada bo‘ladi. Hamyurtimiz avval 2012 yil London Olimpiadasida ham yurtimiz sharafini himoya qilgan.

Shu tariqa Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritilgan lisenziyalarimiz soni 14 taga yetdi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasini ushbu sport turida qo‘lga kiritilgan ikkinchi yo‘llanma bilan muborakbod etib, trek yo‘nalishida ham Olimpiya o‘yinlari lisenziyasi uchun kurash olib borayotgan hamyurtlarimizga omad tilab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:35, 16.11.2019.
O'qildi: 2157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик