Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yevro-2020 saralash. Yana 4ta jamoa qit’a chempionatiga chiqdi

Yevro-2020 saralash. Yana 4ta jamoa qit’a chempionatiga chiqdi

Baho:
+ | -

Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida 9-tur o‘yinlari yakunlandi. Uchta guruhda kecha oqshom o‘tkazilgan uchrashuvlardan so‘ng Yevropa chempionatiga yo‘l olgan yana 4ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi.

"S" guruhida Shimoliy Irlandiya terma jamoasi oxiriga qadar kuchli raqiblar — Germaniya va Gollandiyaga raqobat qilishga harakat qildi. Irlandlar Yevropa chempionatiga chiqishlari mumkin edi, agar ular kecha Gollandiyani mag‘lub eta olishganida. Ammo mazkur uchrashuvda hisob ochilmadi.

Germaniya esa o‘z uyida Belarus darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritishdi. Toni Kroos ushbu bahsda "dubl"ga erishdi.

Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida Slovakiyani mag‘lub etib, o‘z ochkolarini 17taga yetkazib, "E" guruhidan Yevro-2020ga yo‘l oldi. Uels esa safarda Ozarboyjonni mag‘lub etib, yo‘llanma uchun kurashda yaxshi imkoniyat hosil qildi. Beyl jamoadoshlari so‘nggi turda Kardiffda Vengriyani qabul qilishadi. Bu o‘yinda Uelsni faqat va faqat g‘alaba qanoatlantiradi.

"G" guruhida Polsha va Avstriya terma jamoalari mos ravishda Isroil va Makedoniya terma jamoalarini mag‘lub etib, Yevro-2020 yo‘llanmasini naqd qilishdi.

"I" guruhida Belgiya va Rossiya terma jamoalari avvalroq Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishgan edi. Bu jamoalar o‘rtasida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan o‘yinda Eden Azar jamoadoshlari 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Qo‘shnimiz — Qozog‘iston terma jamoasi San-Marinoni mag‘lub etib, o‘z ochkolarini 10taga yetkazib oldi.

Shu tariqa, Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 16ta terma jamoaning nomi aniq bo‘ldi.

Yevro-2020 saralash
"S" GURUHI
Shimoliy Irlandiya – Gollandiya 0:0 (0:0, 0:0)
Shimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Lyuis (Tompson, 81), Ketkart, Evans, Sevill (Smit, 58), Evans (Makginn, 70), Devis, Makneyr, Dallas, Uayt, Madjennis.
Gollandiya – Sillessen, Veltman, de Ligt, Blind, van Deyk, Bergeys (de Yong, 65), de Yong, Promes, van de Bek, Babel (Ake, 90), de Ron (Propper, 36).

Germaniya – Belarus 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 41 Ginter, 2:0 – 49 Goretska, 3:0 – 55 Kroos, 4:0 – 83 Kroos.
Germaniya – Noyer, Kimmix, Ginter, Klostermann, Shuls, Gnabri (Valdshmidt, 84; Rudi, 90), Kroos, Goretska, Gyundogan, Kox, Verner (Brandt, 68).
Belarus – Gutor, Polyakov, Matveychik, Martinovich, Naumov, Kovalev (Skavish, 78), Mayevskiy, Nexaychik (Bessmertniy, 84), Dragun, Stasevich, Laptev (Lisakovich, 68).

Jamoa O‘  G‘  D  Mag‘-t T - N Ochko
1 Germaniya 7 6 0 1 24-6 18
2 Gollandiya 7 5 1 1 19-7 16
3 Shim. Irlandiya 7 4 1 2 8-7 13
4 Belarus 8 1 1 6 4-16 4
5 Estoniya 7 0 1 6 2-21 1


"E" GURUHI
Ozarboyjon – Uels 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 10 Mur, 0:2 – 34 Uilson.
Ozarboyjon – Balayev, Guseynov, Mustafazade, Pashayev, Krivosyuk (Xalilzade, 46), Rahimov, Garayev, Rishard, Abdullayev (Ramazanov, 64), Sheydayev, Nazarov (Guseynov, 82).
Uels – Xennessi, Ampadu (Volks, 87), Devis, Lokyer, Roberts, Djeyms (Matondo, 82), Uilson, Beyl (Remzi, 60), Morrell, Mifem, Mur.

Xorvatiya – Slovakiya 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 32 Bojenik, 1:1 – 56 Vlashich, 2:1 – 60 Petkovich, 3:1 – 74 Perishich.
Xorvatiya – Livakovich, Chaleta-Sar, Perich, Yedvay, Barishich, Perishich (Orshich, 82), Brozovich, Modrich, Vlashich (Kovachich, 75), Petkovich, Rebich (Brekalo, 54).
Slovakiya – Dubravka, Vavro, Gansko, Pekarik, Shkrinyar, Gamshik, Lobotka, Rusnak (Garaslin, 63), Kuska (Groshovski, 79), Mak, Bojenik (Dyurish, 72).
Chetlatish: Mak (66).

Jamoa  O‘  G‘     D  Mag‘-tT - N   Ochko
1 Xorvatiya 8 5 2 1 17-7 17
2 Vengriya 7 4 0 3 8-9 12
3 Uels 7 3 2 2 8-6 11
4 Slovakiya 7 3 1 3 11-11 10
5 Ozarboyjon 7 0 1 6 5-16 1


"G" GURUHI
Sloveniya – Latviya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 53, avtogol Tarasov.
Sloveniya – Oblak, Stoyanovich, Yokich, Mevlya, Struna, Krxin (Biyol, 74), Verbich (Bezyak, 90), Kurtich, Vuchkich (Zays, 62), Ilichich, Shporar.
Latviya – Shteynbor, Oshs, Dubra, Maksimenko, Tarasov, Kamesh (Punsuls, 88), Yurkovskis, Ikauniyeks (Uldrikis, 72), Gutkovskiy (Layzans, 85), Fedorov, Savalniyeks.

Isroil – Polsha 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4 Krixovyak, 0:2 – 54 Piontek, 1:2 – 88 Dabbur.
Isroil – Marsiano, Taa (Xaziza, 43), Dasa, Ben Xarush (Menaxem, 65), Tibi, Kayyal (Elmkis, 79), Biton, Natxo, Glazer, Zaxavi, Dabbur.
Polsha – Shchensni, Kendzera, Bednarek, Glik, Resa, Shimanski (Levandovski, 63), Krixovyak (Furman, 84), Belik, Frankovski, Zelinski, Piontek (Klix, 70).

Avstriya – Shimoliy Makedoniya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 7 Alaba, 2:0 – 48 Layner, 2:1 – 90 Stoyanovski.
Avstriya – Shlager, Xinteregger, Dragovich, Layner, Alaba (Gregorich, 90), Laymer (Ilzanker, 90), Lazaro (Trimmel, 79), Zabitser, Baumgartlinger, Arnautovich, Ulmer.
Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Ristevski, Velkoski, Ristovski, Toshevski (Avramovski, 62), Kostadinov, Mladenovski (Zaykov, 46), Spirovski, Bardi, Elmaz, Traykovski (Stoyanovski, 13).

Jamoa  O‘  G‘   D   Mag‘-tT - N Ochko
1 Polsha 9 7 1 1 15-3 22
2 Avstriya 9 6 1 2 19-8 19
3 Sloveniya 9 4 2 3 14-8 14
4 Isroil 9 3 2 4 16-17 11
5 Makedoniya 9 3 2 4 11-13 11
6 Latviya 9 0 0 9 2-28 0


"I" GURUHI
Rossiya – Belgiya 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 19 Azar, 0:2 – 33 Azar, 0:3 – 40 Azar, 0:4 – 72 Lukaku, 1:4 – 79 Djikiya. Rossiya – Gilyerme, Djikiya, Semenov, Petrov, Jirkov (Bakayev, 50), Zobnin (Kuzyayev, 62), Ozdoyev, Miranchuk, Ionov, Fernandes, Dzyuba (Komlichenko, 81).
Belgiya – Kurtua, Vermalen (Denayer, 67), Boyata, Alderveyreld, Kastan, Vitsel, de Bryuyne, Azar, Azar, Lukaku (Batshuayi, 77), Mertens (Tilemans, 52).

Kipr – Shotlandiya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 12 Kristi, 1:1 – 47 Efrem, 1:2 – 53 Makginn.
Kipr – Pardo, Karo (Kastanos, 42), Kusulos, Merkis, Kosti, Efrem (Shpolyarich, 74), Kiryaku (Teodoru, 77), Papulis, Demetriu, Ioannu, Soteriu.
Shotlandiya – Marshall, Palmer, Gallaxer, Makkenna, Teylor, Makgregor, Djek, Forrest (Berk, 72), Makginn, Kristi (Devlin, 90), Neysmit (Makberni, 62).

San-Marino – Qozog‘iston 1:3 (0:3, 1:0)
Gollar: 0:1 – 6 Zaynutdinov, 0:2 – 22 Suyumbayev, 0:3 – 26 Shetkin, 1:3 – 76 Berardi.
San-Marino – Benedettini, Grandoni (Chekkaroli, 80), Simonchini, Brolli, Palassi, Golinuchchi (Lunadei, 60), Battistini, Golinuchchi, Mularoni, Nanni (Xirsh, 64), Berardi.
Qozog‘iston – Nepogodov, Maliy, Marochkin, Shomko, Suyumbayev, Vorogovskiy (Miroshnichenko, 18), Tagibergen (Fedin, 66), Islamxan, Kuat, Zaynutdinov, Shetkin (Aymbetov, 73).

Jamoa  O‘   G‘   D   Mag‘-tT - N   Ochko
1 Belgiya 9 9 0 0 34-2 27
2 Rossiya 9 7 0 2 28-8 21
3 Shotlandiya 9 4 0 5 13-18 12
4 Kipr 9 3 1 5 14-14 10
5 Qozog‘iston 9 3 1 5 12-14 10
6 San-Marino 9 0 0 9 1-46 0
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:53, 17.11.2019.
O'qildi: 6809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.