Italiya terma jamoasi hujumchisi Chiro Immobile Armaniston terma jamoasi ustidan (9:1) qozonilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Terma jamoa va murabbiy uchun xursandman. Guruhda maksimal ochko jamg‘argan holda turnirni yakunladik va bundan juda xursandmiz. Palermolik muxlislarga rahmat aytaman, bu yorda o‘ynash juda yoqimli bo‘ldi. Endi biz Yevro-2020da kimlarga qarshi o‘ynashimiz qiziq. Italiya juda yaxshi birlashgan terma jamoa. Muvaffaqiyatga erishish barcha narsaga egamiz, ammo o‘z ustimizda tinimsiz mehnat qilishda davom etishimiz kerak, — dedi Immobile UYEFA rasmiy saytiga.