Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

GFC 20. 5 nafar hamyurtimiz g‘alaba qozondi, ikkitasi esa nokautga uchradi (fotoreportaj)

GFC 20. 5 nafar hamyurtimiz g‘alaba qozondi, ikkitasi esa nokautga uchradi (fotoreportaj)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Toshkent shahrida ilk bor MMA bo‘yicha GFC 20 turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda jami 13ta jang o‘tkazildi.

7 nafar hamyurtlarimiz mazkur turnirda oktagonga chiqishdi va 5 nafari g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2tasi mag‘lub bo‘ldi.

Kechaning ikkinchi bahsida hamyurtimiz Axliddin Mirzadavlatov Ozarbayjon vakili Ja’far Ismiyevga qarshi jang qildi. 

Uchrashuvning boshidan tashabbusni olgan Axliddin raqibini birinchi raundning to‘rtinchi daqiqasida bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.

Musobaqaning uchinchi jangida hamyurtimiz Jahongir Jumayev fransiyalik Devid Somga qarshi oktagonga chiqdi. Hamyurtimiz jang boshidan raqibini “yakson” qilishni boshladi, bu esa o‘z navbatida jangni erta yakunlashiga sabab bo‘ldi. Jumayev birinchi raund nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

To‘rtinchi jangda yana bir hamyurtimiz Avliyoxon Hamidov braziliyalik Luiz Filyoga qarshi jang qildi.

Jang to‘liq uch raund davom etdi va hakamlarning qarori bilan hamyurtimiz navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning oltinchi bahsida hamyurtimiz Jamshid Rahmonaliyev Surinam vakili Klayd Brunsvikga qarshi jang qildi. Bu bahs har ikki sportchi uchun MMAdagi debyut jangi bo‘ldi. Jangda ustunlikka ega bo‘lgan hamyurtimiz kutilmaganda jiddiy zarbani o‘tkazib yubordi va nokautga uchradi. Bu GFC 20 kechasidagi hamyurtlarimizning ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

GFC 20 kechasining sakkizinchi jangida hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev ukrainalik tajribali jangchisi Artem Shokaloga qarshi bahs olib bordi.

Jangda to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan hamyurtimiz uchinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Musobaqaning yana bir jangida hamyurtimiz Amin Ergashev beleorussiyalik raqibi Sergey Alekseevichga qarshi jangning  11-soniyasidayoq kutilmaganda nokautga uchradi.

Tajribali jangchimiz  Muzaffar Rajabov tunislik Aladin Ben Xalimga qarshi jang oktagonga ko‘tarildi. Jang birinchi raundning birinchi daqiqasida yakunlandi. Hamyurtimiz og‘rituvchi usul bilan raqibini mag‘lub etishga erishdi.

Suratlar muallifi: Jaloliddin Qobiljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:41, 24.11.2019.
O'qildi: 10677 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.