Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga. «Bunyodkor» qiyin o‘yinda g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Superliga. «Bunyodkor» qiyin o‘yinda g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Superligada 24-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Navbahor»ni qabul qilgan «Bunyodkor» juda qiyin o‘tgan uchrashuvda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahsni yuqori kayfiyatda, hujumkor ruhda boshlagan toshkentliklar 9-daqiqadayoq mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Nurillo To‘xtasinov o‘zining ajoyib zarbasi bilan darvozani nishonga oldi.

Shundan so‘ng o‘yin tempi biroz pasaydi va mehmonlar ham hujumkorlikni oshirishdi. Shunday hujumlarning birida Anvar G‘ofurov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, raqib 17 metrlardan jarima to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aziz Turg‘unboyev kuchli va aniq zarbasini bilan hisobni tenglashtirdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda endi har ikkala jamoa navbati bilan darvozalar oldida hujum tashkil qildi. 67-daqiqada mehmonlar Xurshid G‘iyosovga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Firdavs Norsafarov 11 metrlik nuqtaga ko‘rsatdi. Penaltini jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirib, yakunda «Bunyodkor»ga o‘ta muhim uch ochkoni taqdim qilgan gol muallifiga aylandi.

Coca Cola Superliga. 24-tur
«BUNYODKOR» – «NAVBAHOR» - 2:1 (1:1)
Gollar: Nurillo To‘xtasinov, 9 - 1:0. Azizbek Turg‘unboyev, 34 - 1:1. Xurshid G‘iyosov, 67-penaltidan - 2:1.
Ogohlantirishlar: Aleksandr Kasyan, 10. Islomjon Qobilov, 14. Nodir Mavlonov, 55. Igor Golban, 82. Mirzohid G‘ofurov, 90+3.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov (Sanjar Tursunov, 70), Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Shohruh Gadoyev, Sanjar Rixsiboyev (Jasurbek Jaloliddinov, 49; Vladislav Nuriyev, 90+1).
«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, Ivan Solovyev (Ayubxon No‘’monov, 76), Azizbek Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, G‘iyosjon Komilov, Abbosjon G‘ulomov (Aziz Ibragimov, 62), Nodir Mavlonov, Amirbek Jo‘raboyev (Shahzod Shaymanov, 58).
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Farhod Usmonov, Zufar Aliboyev, Ravshan Abduvohidov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
Komissar: Sardor Qudratullayev.
24 noyabr. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni. 1045 tomoshabin.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 20:20, 24.11.2019.
O'qildi: 2418 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.