Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Navbahor» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.
- Yutqazdik, «Bunyodkor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Afsuski, birinchi davrada bo‘lgan o‘zaro uchrashuvdagi kabi chiroyli o‘yin ko‘rsata olmadik. Yutqazdik, yutqazdik, nima ham qila olardik. Kelasi tur «Lokomotiv» bilan o‘ynaymiz, mazkur bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Bizga nima yetishmayapti? Futbolchilar. Men jamoadan ketganimda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda edik, qaytganimda jamoa oltinchi pog‘onaga tushib qolgandi. Bundan tashqari, kerakli futbolchilar jamoani tark etgan, ayrimlari jarohat olgandi. Shu tariqa tarkibni kuchaytiradigan o‘yinchiga ehtiyoj sezdik. Hozir tarkibda bo‘lgan o‘yinchilarga rahmat aytaman! Bor imkoniyatlarini ishga solishyapti, qo‘ldan kelgancha harakat qilishyapti. Qayerdadir tajriba, omad yetishmayapti. Nima ham qila olardik. Bu hayot! Avvalgi tarkibimiz bo‘lganida o‘yinimiz umuman boshqacha bo‘lardi.
Mourinyo “Real”dagi 6 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi [6082]
"Barselona" Ferran Torres bo‘yicha yakuniy qarorga keldi [3160]
Ispaniya terma jamoasi o‘yinchilari Rodrini «Real»ga o‘tishdan oldin ogohlantirishdi [2841]
Superliga. 15-turning boshlanish vaqtlari e’lon qilindi [2345]
"Real" o‘z futbolchisini A Seriya klubiga sotmoqda [2324]
Ramazon Temirov va Bogdan Guskov UFC Fight Night 282 qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi [2235]
«Real»da hech qachon sotilmaydigan to‘rt futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi [2190]
Mourinyo «Real» himoyachisining transferini ma’qulladi [2169]













