Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Samvel Babayan: «G‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilmadi»

Samvel Babayan: «G‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilmadi»

Baho:
+-1 | -

Superliga doirasida "Andijon" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugun sifatli o‘yin namoyish qildik. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har doim g‘alaba qozonish uchun intiladigan jamoamiz bugun himoya va hujum o‘rtasidagi muvozanatni ushlay olishdi. Bu esa yigitlarga kuch berdi va ko‘plab vazifalarimiz bajarildi. Ha, o‘yin borasida muammolarimiz ko‘p. Barcha o‘yinlarni biz nazorat qilayotgan bo‘lsak-da, vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz. Ba"zida futbolchilar 5 daqiqaga konsentrasiyani yo‘qotib qo‘yishsa, g‘alabalar qo‘ldan chiqarildi. Bugun esa har bir daqiqada jangga shay turgani uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Garchi shunday havoga qaramasdan ular sifatli o‘yin ko‘rsata olishdi. Umid qilamanki, yaqin vaqtlarda biz birgalikda qilayotgan mehnatimizning mevalarini totamiz.

— "Andijon" jamoasi atigi bir vaziyatni yaratdi. Bugun jamoangiz oson g‘alabaga erishdi deb ayta olasizmi?
— Oson bo‘lmadi. Bizning muammoimiz — vaziyatlardan unumli foydalanmaslik. Ochko yo‘qotgan uchrashuvlarimizda juda ko‘p vaziyatlarga ega bo‘lgandik. Biroq undan foydalanish bizga pand beryapti. Yosh hujumchilarimiz har bir bahsda juda qulay imkoniyatlarga ega chiqishmoqda. Biroq ular bundan gol ura olishmayapti. Ha, ularga yana biroz tajriba va mohirlik kerak. Vaqtlar o‘tib bu ham keladi. Yigitlarning potentsiali yuqori. Biroq hali ular bilan ishlash kerak. Shunday yaxshi ishlash kerakki, ular har bir vaziyatdan unumli foydalanishsin. Bugun biz bittadan ko‘proq gol kiritishga erishdik va jamoaning o‘yini biroz yuqoriga qarab o‘sgan deb ayta olaman.

— "Andijon"dan qanday o‘yin kutgandingiz?
— "Andijon"ni etarlicha o‘rganib chiqdik. Jamoaning eng kuchli jihati — tezkor qarshi hujumlar. Jamoaning hujumchilari va qanot yarim himoyachilari anchagina tez o‘ynashadi. Bunga misol sifatida Doniyor Ismoilovni keltirishi mumkin. Bu erga kelishdan oldin maydonning sifati biroz yomonroq deb o‘ylagandim va shunga yarasha tayyorgarlik qilgandik. Biroq maydon juda yaxshi holatda ekan va o‘zimizning chiroyli o‘yinimizni ko‘rsatishga intildik.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:51, 25.11.2019.
O'qildi: 2319 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.