Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Murabbiylar tanlovi o‘zini oqladi yoxud dzyudochilarning yangi Olimpiada reytingida ijobiy o‘zgarishlar

Murabbiylar tanlovi o‘zini oqladi yoxud dzyudochilarning yangi Olimpiada reytingida ijobiy o‘zgarishlar

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kuni kecha nihoyasiga yetgan Osaka Katta dubulg‘a turniri dzyudochilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tgani haqida ma’lum qilgan edik. Terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqa uchun Olimpiya reytingi yig‘ishi kerak bo‘lgan vakillarimizni olib borishni ma’qul ko‘rgan edilar va bu qaror o‘zini oqladi. Ayniqa, -90 kilogramm vazn toifasida Davlat Bobonov qo‘lga kiritgan kumush medalidan so‘ng Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi zonaga yaqinlashib oldi. Ushbu vakilimiz yana bir reyting musobaqada shohsupaga ko‘tarilsa, Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi hududga kirib oladi. Shuningdek, +100 kilogramm vazn toifasida Alisher Yusupov ham Bobonov singari lisenzion zonaga ancha yaqinlashib olgan bo‘lsa, Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) o‘z o‘rnini yanada mustahkamladi. Ilias Iliadis murabbiyligida Yaponiyaga yo‘l olgan terma jamoamiz 29 noyabrga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishadi.

-60 kg:
1. Naoxisa Takato (Yaponiya) – 4270 ochko
3(2). Sharofiddin Lutfillayev (O‘zbekiston) – 3767 (yo‘llanma zonasida)
19(18). Diyorbek O‘rozboyev – 1160 ochko (yo‘llanma zonasida)
46(54). Kemran Nurillayev – 757 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-66 kg:
1. Joshiro Maruyama (Yaponiya) – 4950 ochko
19(16). Sardor Nurullayev – 1764 ochko (yo‘llanma zonasida)
28(24). Shahram Ahadov – 1249 ochko (yo‘llanma zonasida)

-73 kg:
1. Rustam Orujov (Ozarbayjon) – 3825 ochko
11(11). Hikmatilloh To‘rayev – 2576 ochko (yo‘llanma zonasida)

-81 kg:
1. Sagi Muki (Isroil) – 4384 ochko
15(12). Sharofiddin Boltaboyev – 2045 (yo‘llanma zonasida)
30(34). Kamoliddin Rasulov – 1416 (yo‘llanma zonasida emas)

-90 kg:
1. Nikoloz Sherazadashvili (Ispaniya) – 5591 ochko
31(55). Davlat Bobonov – 1295 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-100 kg:
1. Guxam Cho (J.Koreya) – 4820 ochko
20(24). Muhammadkarim Xurramov – 1757 (yo‘llanma zonasida)

+100 kg:
1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 4911 ochko
10(9). Bekmurod Oltiboyev – 2244 ochko (yo‘llanma zonasida)
29(36). Alisher Yusupov – 1268 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

Ayollar:
-52 kg:
1. Yuta Abe (Yaponiya) – 5250 ochko
30(30). Diyora Keldiyorova – 1115 ochko (yo‘llanma zonasida emas)

-70 kg:
1. Maria Eve Gaxe (Fransiya) – 4250 ochko
24(23). Gulnoza Matniyazova – 1490 ochko (qit’aviy kvota)

Eslatma!
– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib o‘tilgan, jahon reytingi emas.
– Reytingda yetakchi va unga eng yaqin vakillarimiz ko‘rsatilgan.
– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo‘llanma zonasida bo‘lsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federasiya tanlaydi.
– Olimpiada reytingini yig‘ish 2020 yilning 25 may sanasida yakunlanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 08:28, 26.11.2019.
O'qildi: 3747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.