Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Lionel Messi Halqaro futbol federasiyalari tarixi va statistikasi (IFFHS) tasnifiga ko‘ra 2019 yilning eng yaxshi pleymeykeri bo‘ldi.
Argentinalik futbolchi 229 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Breyne (85 ochko), uchinchi o‘rinni esa Eden Azar («Chelsi» / «Real», 55 ochko)lar egalladi.













