«Milan» himoyachisi Leonardo Duarte uzoq vaqtga safdan chiqdi. 23 yoshli braziliyalik futbolchining chap oyog‘i tovon suyagi sindi.
Futbolchi kecha muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Uning to‘liq sog‘ayishi uchun 3-4 oy vaqt talab etiladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.