Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Qirg‘iziston futbol federasiyasi delegasiyasi «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Qirg‘iziston futbol federasiyasi delegasiyasi «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Kuni kecha Qirg‘iziston Respublikasi delegasiyasi «Bunyodkor» futbol klubiga tashrif buyurdi.

Delegasiyaga Qirg‘iziston Respublikasi futbol federasiyasi vise-prezidenti Dostonbek Qo‘noqboyev rahbarlik qildi. Qirg‘iziston delegasiyasining «Bunyodkor»ga tashrifidan asosiy maqsad, akademiya faoliyatini o‘rganish, stadionni ko‘zdan kechirish va umumiy ma’noda klubning ichki strukturasi bilan tanishish edi. Boisi, yaqin yillarda Bishkekda ham «Bunyodkor»ga o‘xshash zamonaviy stadion va Milliy futbol akademiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Shuning uchun «Bunyodkor»ga tashrif buyurgan delegasiya tarkibidan Bishkek shahri hokimi o‘rinbosari, arxitektura boshqarmasi rahbari kabi yuqori lavozimdagi shaxslar ham joy oldi. 

Mehmonlar tashrifni «Bunyodkor» futbol akademiyasidan boshlashdi. Qirg‘iziston delegasiyasini akademiyada «Bunyodkor» futbol klubi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mirzayev, akademiya direktori Vadim Shodimatov va jamoaning boshqa rasmiy shaxslari kutib oldi. Mehmonlar akademiyamizdagi o‘quv xonalari, qishgi mashg‘ulot hamda trenajyor zali, tibbiyot bo‘limi va oshxonasi bilan yaqindan tanishishdi. Akademiya xodimlari qirg‘izistonlik mehmonlarga har bir bo‘limning ish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berdi. Xususan, mehmonlar tarbiyalanuvchilarimizning qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishidan tortib, qanday taomlar tanavvul qilish-yu, qachon mashg‘ulotlar o‘tkazishi hamda tibbiy holatining nazorati bo‘yicha ham o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi. 

Shundan so‘ng Qirg‘iziston delegasiyasi «Bunyodkor» stadioniga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlarni stadion direktori Vohid Zokirov va boshqa xodimlar kutib oldi. Mehmonlar stadionning yechinish xonalari, martabali insonlar uchun ajratilgan xonalar, restoran, muzey va albatta maydonning o‘zini ko‘zdan kechirishdi. Tabiiyki, stadion, undagi sharoitlar, muxlislar uchun yaratilgan qulayliklar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi. 
 
Qirg‘iziston delegasiyasi tarkibi
1. Qo‘noqboyev Dostonbek Tursunaliyevich – Qirg‘iziston futbol federasiyasi vise-prezidenti
2. Abirov Jonibek Bolotbekovich - Bishkek shahri kengashi spikeri
2. Jakishov Ruslan Sherg‘oziyevich - Bishkek shahri kengashi vise-spikeri
3. Qodiraliyev Asilbek Melsovich - Ota-YUrt Respublika fraksiyasi yetakchisi 
4. Amatov Risboy Amatovich - Onuguu-Progress fraksiyasi yetakchisi 
5. Dokenov Ernis Sharapidinovich - Bishkek shahri kengashi deputati
6. Baketayev Almaz Kushbekovich - Bishkek shahri birinchi vise-meri
7. Alimkulov Aziz Esenbekovich - Bishkek shahri vise-meri
8. Usubaliyev Bolot Abdildabekovich – Bishkek bosh arxitektura boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 
10. Rustam Janibayev – Qirg‘iziston futbol assosiasiyasi raisi

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 08:40, 29.11.2019.
O'qildi: 3808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик